9-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish. Buxgalteriya
hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab
chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga
yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya
hisobi standartlari, shu
jumladan kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya
hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi.
Byudjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining buxgalteriya
hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish byudjet
hisobi standartlari hamda
boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini
tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
10-modda. Buxgalteriya hisobi standartlari. Buxgalteriya
hisobi standartlari
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni
belgilaydi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari buxgalteriya hisobini tashkil etish,
yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus talablarni belgilaydi.
Buxgalteriya hisobi sub’yektlari moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlarini
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: