Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalkulyatsiya
- Buxgalteriya balansi
Baholash – bu hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalarini pulda ifodalash
usulidir. Buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aks ettirish uchun hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik muomalalarining natura va mehnat o‘lchovi ko‘rsatkichlarini pul ifodasida baholash kerak. U har xil narsalardan tarkib topgan xo‘jalik mablag‘larini yagona pul ifodasida ko‘rsatish imkonini beradi. Korxonalar mablag‘larini baholashda ularning haqiqiy ishlab chiqarish yoki sotib olish tannarxi asos bo‘ladi. Hujjatlarda aks ettirilgan va pulda baholangan barcha xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi schotlariga yoziladi. Kalkulyatsiya –ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning bir birlik tannarxini aniqlash hisob–kitobi aks ettirilgan jadval. Mahsulot (ish, xizmat) bir– birligini, tannarxini aniqlash jarayoni kalkulyatsiya qilish (tannarxini aniqlash) deyiladi. Kalkulyatsiyaning rejadagi, normativ, kutilayotgan (provizor) va hisobot kabi turlari mavjud. Hisobot kalkulyatsiyalari buxgalteriya hisobi schotlaridagi yozuvlar asosida tuziladi. Kalkulyatsiyalash qoidalarini yuqori organlar belgilaydi va ular barchakorxonalar uchun majburiydir. Buxgalteriya balansi – korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini pul o‘lchov birligida, ma’lum bir kunga guruhlab aks ettirishdir. Buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilgan korxona mablag‘lari, mablag‘lar manbalari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan balans tarzida umumlashtirilishi zarur. Balansda xo‘jalik mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilib, unda xo‘jalikda qanday mablag‘lar mavjudligi va ular qaysi manbalar hisobidan tashkil topganligi hamda maqsadli tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balans mavjud mablag‘lar bilan ularning tashkil topish manbalarini taqqoslab, xo‘jalik ahvolini o‘rganish imkonini beradi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling