Biznesni baholashda axborotlar tizimi


Download 13.61 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi13.61 Kb.
#1518513
1   2   3   4   5
Bog'liq
бизнес

Xatar - bu aniqlik darajasi bo`lib, u bilan kelajakda kutilayotgan natijalarning erishilajakligi tavsiflanadi. Ta’rifga ko`ra, bashorat qilinayotgan miqdordan har qanday ehtimoliy chetga chiqishlar (+/-) xatarning aks etishi hisoblanadi. Xatar omilining tahlili sub’ektiv xususiyatga ega. Korxonaning kelajakda o`sishiga ishonch uning joriy qiymatini pessimistik prognoz tuzuvchi, tahlilchiga qaraganda yuqori baholaydi. Boshqacha qilib aytganda, kutilayotgan bo`lajak daromadlar eng yaxshi baho atrofida qanchalik keng yoyilsa, investisiyalar shunchalik xatarli. Xatarlarni baholashdagi farqlar korxona qiymati haqidagi xulosalarning ko`p bo`lishiga olib keladi. Faoliyati yuqori darajadagi xatar bilan bog`liq korxonaning joriy qiymati xuddi shunga o`xshash, lekin kam xatar sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi korxonaning joriy qiymatiga qaraganda past. Baholash uchun buyurtmalarning aksariyati yopiq korxonalar tahlili bilan bog`liq bo`lib, ularning egalari o`z aksiyalarini ochiq korxonalar egalari kabi diversifikasiya qilmaydi. Shuning uchun yopiq turdagi korxonani baholashda tizimli xatarni tahlil qilish bilan bir qatorda tizimsiz xatar omillari ham hisobga olinishi lozim. Ularga tarmoq xatarlari va muayyan korxonaga investisiyalash xatarlari kiradi.

Makroiqtisodiy xatarning asosiy omillari quyidagilardan iborat: • inflyasiya darajasi; • mamlakatning iqtisodiy o`sish suratlari; • foiz stavkalarning o`zgarishi; • valyutalar ayirboshlash kursining o`zgarishi; • siyosiy barqarorlik darajasi. Inflyasiya xatari - bu narxlar o`sishi sur’atlarining bashorat qilib bo`lmaydigan o`zgarishi xatari. Sarmoyador narxlarning inflyasion o`zgarishini qoplovchi daromadni olishga intiladi. Yuqori yoki bashorat qilinmaydigan mumkin bo`lib, iqtisodiyotdagi daromadlarning qayta taqsimlanishini ta’minlaydi va tadbirkorlik xatarini oshiradi. Natijada korxonaning real qiymati pasayadi. Iqtisodiy o`sish sur’atlarining o`zgarishi bilan bog`liq xatar. Bozor iqtisodiyotining siklliligi hisob-kitoblarda iqtisodiy rivojlanishning umumiy holati va iqtisodiy o`sishning yaqin kelajakda kutilayotgan sur’atlarini hisobga olish zaruratini belgilab beradi. Ishdagi faollik susaygan davrlarda olinadigan foyda miqdori ham pasayadi va bankrot bo`lish ehtimoli oshadi. Iqtisodiyot rivojlanishining umumiy iqtisodiy qonuniyatlarini muayyan korxonani tahlil qilishda va prognozlarni tuzishda hisobga olish zarur


Download 13.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling