Biznesni baholashda axborotlar tizimi
Download 13.61 Kb.
|
бизнес
Ichki axborot Ichki axborot baholanayotgan korxona faoliyatini to`liq hajmda tavsiflashi, korxonaning o`ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun u haqidagi to`liq va aniq ma’lumotlarm o`zida mujassamlashtirishi lozim. Mazkur axborot majmuyi quyidagilarni o`z ichiga oladi: • korxona tarixi haqida ma’lumotlar; • korxonaning marketing strategiyasi; • etkazib beruvchilar tavsifi; • ishlab chiqarish quvvatlari; • ishchi va boshqaruv xodimlari; • ichki moliyaviy axborot (buxgalteriya balansi ma’lumotlari, 3-5 yil uchun moliyaviy natijalar va pul mablag`larining harakati haqida hisobotlar); • boshqa axborotlar. Agar korxonada biznes-reja ishlab chiqilgan bo`lsa, u holda korxona haqida asosiy ma’lumotlar keltiriladi, bular: faoliyat turlari, tarmoq tavsifi, korxonaning joriy moliyaviy ahvolining asosiy ko`rsatkichlan va h.k. Bundan tashqari, biznes- rejada quyidagi ma’lumotlar bo`lishi kerak: tashkihy-huquqiy shakl, ustav sarmoyasining miqdori, ustav sarmoyasining kichik ulushlari, aksiyalar nazorat paketlarining esalari haqida ma’lumotlar, korxonaning konsernlarga, uyushmalarga, holdinglarga tegishliligi. Korxona tarixi. Ushbu bo`limda har bir mahsulot turi bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish jarayoni haqida axborot, korxonaning vujudga kelish va rivojlanish tarixi va hokazolar berilishi kerak.Korxonaning marketing strategiyasi. Korxonaning marketing strategiyasi tashqi omillar bilan, shuningdek, ishlab chiqariladigan tovarlarning hayotiy siklining davriva ishlab chiqarish quvvatlarining mayjudligi bilan belgilanadi. Korxonaning marketing strategiyasini tahlil qilayotib, quyidagi axborotlarni taqqoslash lozim: • o`tgan (reprospektiv), joriy va bashorat qilinayotgan davrlardagi sotuvlar hajmlari; • sotilgan mahsulotning tannarxi; • tovarlar va xizmatlar narxlari, ularning dinamikasi; • talab hajmlarining o`zgarishini bashorat qilish; • ishlab chiqarish quvvatlari.Tovarning hayotiy sikli davrlari. I va II davrlar - tovarni ishlab chiqish va bozorga joylashtirish; III davr - tovarni sotish hajmining o`sishi. Mahsulotni sotish hajmining ko`payishi korxona zararsiz ishlash nuqtasini engib o`tishini ta’minlaydi. Shartli-doimiy xarajatlar qayd etilgan va tushum o`suvchi o`zgaruvchan xarajatlarni qoplaydi; ИВ davr - bozori ishlab chiqariladigan mahsulotlar bilan to`ldirish davri; В davr - sotish hajmlarining qisqarishi, keyingi strategiyani ishlab chiqish zarurati: ishlab chiqarilayotgan mahsulotni takomillashtinsh yoki yangi mahsulotni o`zlashtirish. Ishlab chiqarish quvvatlari. Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi, bir tomondan, unga nisbatan talab bilan, ikkinchi tomondan esa, uni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi bilan belgilanadi. Shuning uchun, ayniqsa, prognozlarni tuzishda, bo`lajak kapital qo`yilmalarini hisobga olgan holda korxonada ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi haqida ma’lumotlarni hisobga olish lozim. Ishchi va boshqaruv xodimlari. Ishlab chiqarishning mazkur omili korxona qiymatiga katta ta’sir ko`rsatadi. Yopiq turdagi korxonalarda xodimlarning mehnati aksiyalar bilan qisman qoplanishi (xizmatchilarning foydada ishtirok etish dasturi) va bunda korxona xodimlari aksiyalarning ma’lum paketiga esa bo`lgan korxona mulkdori sifatida ishtirok etishi mumkin.Download 13.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling