Biznesni raqamlashtirish amaliyoti kompaniyani raqamli transformatsiyalashuv yoʻnalishlari Reja
Download 85.47 Kb. Pdf ko'rish
|
14-Kompaniyani raqamli transformatsiyalashuv yoʻnalishlari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- NIS.UZ-axborot tizimi
Xulosa 1. Raqamli transformatsiya raqamli iqtisodiyotning qiyinchiliklari sharoitida biznesni moslashtirishning strategik jarayonidir. Bu nafaqat avtomatlashtirish, balki amalga oshirish nuqtai nazaridan ancha qiyin. 2. Raqamli transformatsiyani amalga oshirishda sakkizta strategik yoʻnalish mavjud: - Biznes jarayonlarini raqamlashtirish - Ma’lumotlarni boshqarish - Xaridorning markaziyligi - Qiymatlarni boshqarish - Raqamli infratuzilma - Raqamli hamkorlik - innovatsiyalar bilan ishlash - Raqamli madaniyat va vakolatlarni rivojlantirish 257 3. Raqamli biznesni oʻzgartirishning maqsadi zamonaviy raqamli iqtisodiyotda samarali ishlashi va moslashishi mumkin boʻlgan tashkilotning yangilangan barqaror biznes modelini yaratishdir. 4. Raqamli transformatsiya oʻz boshqaruv organiga ega – transformatsiya qoʻmitasi yoki jamoasi. Oʻzgarish uchun javobgar - CDTO / CDO. Mavzu yuzasidan savollar 1. Raqamli transformatsiya deb nimaga aytiladi? 2. Raqamli transformatsiya avtomatlashtirishdan qanday farq qiladi? 3. Raqamli transformatsiyaning qanday yoʻnalishlari bor? 4. Raqamli transformatsiyada ma’lumotlar qanday boshqariladi? 5. Raqamli transformatsiyada xaridor markaziyligi qanday ahamiyatga ega? 6. Transformatsiyalashuvda raqamli hamkorlikning oʻrni qanday? 7. Raqamli transformatsiyada innovatsiyalar qanday ahamiyatga ega? 8. “Raqamli idora” loyihasi haqida nimalarni bilasiz? 9. Hududlarning raqamli rivojlanish darajasini reyting baholashda raqamli iqtisodiyot bo‘yicha nimalar hisobga olinadi? Glossariy Raqamli transformatsiya – raqamli texnologik tsiklda samarali ishlashi mumkin boʻlgan yangilangan modelni yaratish uchun biznesni moslashtirish jarayonidir Chief Digital Transformation Officer (CDTO / CDO) – raqamli transformatsiya boʻyicha direktor Reyting baholash – reyting ko‘rsatkichlari va indikatorlari yordamida raqamli rivojlanish holatini baholash orqali tashkilotlar hamda hududlarni eng yuqori natijadan eng past natijagacha saralangan ro‘yxatdagi o‘rnini belgilash; NIS.UZ-axborot tizimi – tashkilotlar va hududlarning raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan idoralararo axborot tizimi Download 85.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling