Biznesni rejalashtirish


Download 1.41 Mb.
Sana16.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1777955
Bog'liq
Bozor sharoitida davlat boshqaruvining ta\'siri.

Biznesni rejalashtirish


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot fakulteti 205 guruh talabasi
Matkarimov Zohidjonning Biznesni rejalashtirish fanidan taqdimoti
Mavzu: Bozor sharoitida davlat boshqaruvining ta’siri

Qabul qildi: Babajonov Javohir
______________________
REJA:
1. Davlatning iqtisodiyotdagi roli
2. Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini
3. Bozor iqtisodiyi sharoitida iqtisodiyni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini
Davlatning iqtisodiyotdagi roli
 
1.Davlatning iqtisodiyni tartibga solishdagi vazifasi zamonaviy bozor xoʼjaligining modellariga qarab turlicha darajali ahamiyat kasb etadi. Buni quyidagi chizmada xam koʼrishimiz mumkin:
Iqtisodiyni davlat tomonidan tartibga solishning obʼektiv asosi boʼlib xam milliy iqtisodiy darajasida, xam xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnattaqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.
Bu jarayon quyidagilarda namoyon boʼladi:
- chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarish ixtisoslashgan tarmoqlarining oʼzaro aloqasi va oʼzaro bogʼliqligi yanada kuchayadi;
- ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida alohida xoʼjalik birliklarining mayda bulaklarga ajralib ketish holatlari barxam topadi;
- ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to’planuvi jarayoni o’sadi;
- turli iqtisodiy mintaqalar oʼrtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi.
Iqtisodiyni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat aʼzolari extiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni taʼminlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyati tushuniladi.
Iqtisodiyni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni oʼzgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Bu asosiy maqsaddan bir kator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga Iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xoʼjaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin.
Birinchi Prezident Islom Karimov oʼzining “Oʼzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʼlida” nomli kitobida umumiy strategiya doirasida iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi muayyan strategik maqsadlarni belgilab berdi. Ularning asosiylari quyidagilardir:
1. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish.
2. Koʼp ukladli iqtisodiyotni yaratish.
3. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xoʼjalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning maʼmuriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va ragʼbatlantirish vositalaridan keng foydalanish.
4. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʼzgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish.
5. Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini oʼzgartirish, har bir kishiga oʼz mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish.
Davlat asosiy iqtisodiy vazifalarini
Davlat
Davlat noqobilligi oqibatlarining oldini olish
Bozorlarning monopollashishiga kurash
Ijtimoiy tovarlar va xizmatlar yaratish
Qo’shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish va nazorat qilish
Boylik va daromadlarni qayta taqsimlash
Daromad va mulkni soliqqa tortish
Ijtimoiy himoya va transferlar
Davlatning iqtisodiy vazifalari
  • Jamiyatning ijtimoiy-huquqiy asosini saqlab turish.
  • Raqobatni qo’llab-quvvatlash.
  • Ijtimoiy ne’matlar, tovar va xizmatlar bilan ta’minlash.
  • Qo’shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish.
  • Daromad va boyliklarni taqsimlash.
  • Iqtisodiyotni barqarorlashtirish.

Har qanday mamlakat iqtisodiyoti oldida quyidagi maqsadlar turadi.
Iqtisodiy erkinlik
Iqtisodiy xavfsizlik
Iqtisodiy tenglik
Iqtisodiy samaradorlik
Iqtisodiy o’sish
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling