Biznesni tadqiq etish
Biznesni yanada rivojlanishida axborot maydonini kengaytirish
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
5.5. Biznesni yanada rivojlanishida axborot maydonini kengaytirish texnologiyasi Ma’lumki, iqtisodiyotimizni modernizatsiyalashning zamonaviy sharoitlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, jahondagi etakchi mamlakatlarning innovatsiya faoliyatini shakllantirish bo’yicha tajribasi va uni kichik biznesda amaliy qo’llash masalalari, iqtisodiyotning ushbu sektorida innovatsion biznesni shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, axborot va boshqa muammolari hamda ularni hal qilish yo’llari, shuningdek innovatsiya faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning me’yoriy-huquqiy bazasi, texnologiyalar transferi va intellektual bozorni shakllantirish, hususiy 100 tadbirkorlikni rag’batlantirish uchun imtiyozli kreditlash va moliyalashtirish kabi bir qator masalalar xamon ustuvorligicha qolmoqda. To’lov jarayonlarini, jumladan avtotransportda elektron to’lov tizimlarini joriy etishda Near Field Communication (NFC)1 texnologiyasini qo’llash aynan O’zbekistonda xalqaro to’lovlar tizimiga o’tishni tashkillashtirishdagi mikroprotsessorli va kontaktsiz kartalar hamda ularga xizmat ko’rsatuvchi qurilmalarni ishlab chiqish bilan hamnafas va chambarchas bog’liqdir. Bugungi kunda lokal axborot almashinuvini ta’minlashning simsiz texnologiyalari mavjud. Masalan: Irda, Bluetooth, Wi-Fi, NFC va b. Ular funktsional tamoyiliga ko’ra farqlanib, ta’sir ko’rsatishning turli radiusiga ega va mobil qurilmalar o’zaro ta’sirining turli vazifalarini bajarishga mo’ljallangan. Ushbu texnologiyalar ichida eng ilg’or texnologiya bo’lib NFC texnologiyasi tan olingan. NFC texnologiyasi ultra qisqa masofadagi simsiz aloqa texnologiyasi bo’lib, u o’zaro magnit induktsiya effektiga asoslanadi. Texnologiya 13,56 MGts noregulyar diapazonda ishlaydi, u NFC interfeysidan iborat qurilmalarning ikki tomonlama o’zaro harakatini ta’minlaydi va ma’lumotlarni uzatish tezligi 106, 212, 424 kbit/s.ni tashkil qiladi 33 . NFC texnologiyasi foydalanishda qulayligi bilan ajralib turadi –NFC qurilmasi ko’rsatilgan masofaga yaqinlashtirilganda avtomatik tarzda aloqa seansi amalga oshadi, bunga atigi 0,1 s. vaqt ketadi. Irda va Bluetooth bilan qiyoslanganda NFC texnologiyasi bir qancha ustunliklarga egadir, energiya sarfi ham kam va uni mobil qurilmaga o’rnatish tannarxi nisbatan arzon. 1-jadvalda Irda, Bluetooth, NFC texnologiyalari xarakteristikalarining texnologik va iste’mol jihatlariga ko’ra qiyosiy tahlili keltirilgan. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling