Biznesni tadqiq etish
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
№
Xarakteristika Bluetooth Irda NFC 1. Piring rejimida aloqa seansi Mavjud emas Mavjud Mavjud 2. Aloqa seansining avtomatik initsializatsiyasi Mavjud emas Mavjud Mavjud 3. Aloqa uzatish qurilmasining quvvati 100 mVt 20-80 mVt 100 mVt 4. Aloqa seansining konfiden- tsialligi Mavjud emas Mavjud emas Mavjud 33 Аллаберганов Р. Мобильный банкинг: перспективы развития в Узбекистане. //Рынок, деньги и кредит. -2012, №2.- c. 65-68; Расулев Д.М., Қобилов А.О. «Электрон тижорат» Ўқув қўлланма. Тошкент -2010, 11-б. 101 5. Tez tranzaktsiya imkoniyati ≥0,6 soniya ≥0.1 soniya ≥0.1 soniya 6. Ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi 3 Mbit/s 4 Mbit/s 424 Kbit/sek 7. Apparat darajasida himoya vositalari mavjudligi Mavjud emas Mavjud emas Mavjud 8. Dasturiy darajada himoya vositalarining mavjudligi Mavjud emas Mavjud emas Mavjud 9. Simsiz smart-kartalar emulyatsiyasi mavjudligi Mavjud emas Mavjud emas Mavjud 10. Telefonga o’rnatishning arzonligi 5$ 1$ 1$ 11. Standart interfeyslarning mavjudligi Mavjud Mavjud Mavjud emas Jadvaldan ko’rinib turibdiki, NFC texnologiyasi o’zining barcha ko’rsatkichlari bo’yicha, ayniqsa mobil tijorat vazifalarini bajarishga juda mos keladi. Zamonaviy kompyuterlarda NFC standart interfeyslarining mavjud emasligi va ushbu texnologiyaning keng ommalashmaganligiga sababchi asosiy omildir. Hozirgi kunda bu muammo NFC–Bluetooth interfeyskonvertorlarini qo’llash orqali hal qilinmoqda. “Juniper Research” va “Edgar, Dunn & Company” konsalting kompaniyasi mutaxassislarining fikricha NFC texnologiyasi mobil to’lovlar bozorining rivojida muhim rol o’ynaydi. NFC texnologiyasi ultraqisqa (10 santimetrgacha) masofadagi simsiz aloqa texnologiyasi bo’lib, qurilmalar o’rtasidagi aloqani va ma’lumot almashish imkoniyatini ta’minlab beradi 34 . NFC texnologiyasi Mobil to’lovlarni amalda qo’llanishi va tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Yaqin kelajakda empirik kuzatuvlar ko’rsatishicha dunyo bo’ylab kredit va debit kartochkalarga nisbatan, ya’ni naqd pul va cheklarni o’rnini bosgan mobil to’lovlar keng tarqala boshlaydi, ayniqsa, mobil Operatorlar dunyo masshtabida intensiv rivojlanadi. 2. Iste’molchilar uchun afzal bo’lgan mobil to’lovlarning uch xususiyati – qulayligi, xavfsizligi va rentabelligi sababli mikro va makro shartnomalarni tuzish 34 Vyas A., O'Grady P., A Review of Mobile Commerce Technologies// Department of Industrial Engineering, University of Iowa, 2001.; F. Davis, A technology acceptance model for empirically testing new end-user information systems: theory and results, Ph.D. Thesis, Sloan School of Management, Massachusetts Institute of Technology, 1986.; M. Fishbein, I. Ajzen, Belief, Attitude, Intention and Behavior: An Introduction to Theory and Research, Addison-Wesley, Reading, MA, 1975. 102 va amalga oshirish vositasi sifatida mobil to’lovlar mavjud to’lov tizimlariga nisbatan keng tarqaladi. 3. NFC, SMS va WAP turli ko’rinishdagi mobil to’lovlarni qo’llabquvvatlovchi keng tarqalgan texnologiyalar hisoblanadi. Keyingi o’rinda RFID, Bluetooth va IrDA turadi. Mobil to’lovlarning rivoji ko’pchilik texnologiyalar tomonidan bir vaqtning o’zida qo’llab-quvvatlanishi kutilmoqda, bu holda iste’molchiga qulay bo’lgan texnologiyani tanlash imkoniyati yaratiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bugungi kungacha bir-biriga mos kelmaydigan to’lovlar tizimlarining ko’pligi mobil tijoratning rivojlanishiga ma’lum jihatdan to’sqinlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga bugungi kunda mobil Operatorlar, moliyaviy tashkilotlar, turli texnologik kompaniyalarning mobil to’lovlarni joriy qilish bo’yicha milliy va xalqaro standartlarni ishlab chiqish yo’lidagi hamkorligi kuzatilmoqda. “Edgar, Dunn & Company” mutaxassislarining fikricha, mobil to’lovlar rivojlanishidagi asosiy tendentsiya sifatida ochiq texnologik platformalarni ko’rsatish mumkin. Bu platformalar uyali aloqa tarmoqlarida elektron to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. To’lov platformalari doirasida mobil elektron tijorat bozorining barcha ishtirokchilarini tahlil qilish mumkin bo’ladi. Xulosa qilib aytganda NFC texnologiyasini O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda qo’llash sotuvchi va haridor o’rtasida axborot almashinuv jarayoni samarali tashkil etilishiga va qisqa vaqtda bir nechta tranzaktsiya bajarilishiga erishiladi. Buning uchun esa tadqiqot modellari va ularning natijaviy holatini tasavvurdagi shakllarini tahliliy ko’rib chiqish zarurdir. Ilk TTM 1986 yilda Devis tomonidan taklif etilgan. Ushbu model bir qator ijtimoiy psixologlar tomonidan ilgari surilgan «asosli xarakatlar nazariyasi» asosida ishlab chiqilgan «ishonch-munosabat-maqsad-hozirgi xattixarakat» sabab- oqibat ketma-ketligini, ya’ni zanjirini tashkil etadi 35 . Devisning TTM tadqiqotlarida ikki muhim konstruktsiyani tanlashda olinadigan foyda va ishlash 35 F. Davis, A technology acceptance model for empirically testing new end-user information systems: theory and results, Ph.D. Thesis, Sloan School of Management, Massachusetts Institute of Technology, 1986. 12. M. Fishbein, I. Ajzen, Belief, Attitude, Intention and Behavior: An Introduction to Theory and Research, Addison-Wesley, Reading, MA, 1975. 13. М. Гринбалт – Развитие платежной системы и ИКТ в банках // ICTNEWS журнали 2016й №3. 60-б. с 34-38. 103 soddaligi mezon qilib olingan. Devis izlanishlari natijasida TTMni shunday tasavvur etadiki, ikki konstruktsiyaning birga faoliyat yuritishi (yoki ulardan foydalanish) foydalilik darajasini oshiradi va oson foydalanish imkoniyatini keltirib chiqaradi. Individlarning tasavvurida qandaydir mavhum tizim borki, odamlarning ish unumdorligini oshiradi, foydalanish soddaligi esa shunday darajaki, undan foydalanish individlarning jismoniy va aqliy zo’riqishidan ozod qiladi. Axborot tizimlarini joriy qilish yuzasidan olib borilayotgan aksariyat tadqiqotlarda TTMdan keng qo’llanilmoqda. TTM qabul qilindi va WWW kontekstida dasturiy ta’minotdan foydalanishni oldindan aniqlab berishda yordam berishini ko’rsatdi. Shunday qilib, biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda mobil to’lov texnologiyalarini hamda texnologiyani tanlash modeli ancha ahamiyatli hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling