Keling shu mazmun asosidagi o’quv filmini kuzatamiz
Ulotriks ko’payish jarayoniga doir masala
1. Ulotriksda hosil bo’lgan gametalardan zigota, zigotalardan 256 ta yangi ulotriks ipi hosil bo’lgan bo’lsa, jami gametalar (a), va jami zigotalar (b) sonini aniqlang.
2 ta gameta--- 1 ta zigota -----4 ta ulotriks
X gameta ----- Y zigota ------- 256 ta ulotriks
1) 256 : 4 = 64 ta zigota (b)
2) 64 x 2 = 128 ta gameta (a)
Spirogira suvo’ti tallomi va hujayrasining tuzilishi Spirogira
Spirogira - rizoidsiz ko‘p hujayrali suvo‘t. Chuchuk suv havzalari yuzasida boshqa suvo‘tlar bilan birga «baqa to‘nlarni» hosil qiladi. Tallomi och yashil rangda, shilimshiq bilan o‘ralgan. Xromatofori spiralsimon buralgan. Spirogira ulotriksga o’xshab jinssiz va jinsiy ko’payishi bilan birga baliq va baqalarning harakati, suv oqimi ta’sirida tallomining bo‘laklarga bo‘linishi natijasida ham ko‘payadi.
Ulotriks
Ulotriks - xromatofori belbog‘ shaklida joylashgan ko‘p hujayrali yashil ipsimon suvo‘t. Tallomi shoxlanmaydi, rizoidi orqali suv tubiga birikadi. Rizoid - yunoncha “ildizga o‘xshash” degan ma’noni anglatadi, tuzilishi bo‘yicha ildiz tukchalariga o‘xshaydi.
Ulotriksning ko’payishi Ulotriksning ko’payishi
Ulotriks qulay sharoitda jinssiz, noqulay sharoitda jinsiy ko‘payadi. Jinssiz ko‘payganda to‘rt xivchinli zoospora hosil qiladi. Zoosporalar xivchinlari yordamida suzib, uzoqroqqa borib o‘rnashadi. Undan yangi ulotriks ipi o‘sib chiqadi. Jinsiy ko‘payishi ikki xivchinli izogametalar orqali amalga oshadi. Izogametalar bir-biriga o‘xshaydi. Ikkita izogameta qo‘shilib zigota hosil qiladi. Zigota qalin po‘st bilan o‘ralib tinim davrini o‘taydi. Qulay sharoitda to‘rtta hujayraga bo‘linadi. Har bir hujayradan yangi ulotriks ipi rivojlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |