Bizning tevarak-atrofimiz, barcha narsalar, bizning o’zimiz ham materiyaning
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA DARSLIK-1-mavzu
1.15 - rasm. Sarkomer tuzilishi bo’ylama kesimi tasviri. tasviri. A H I I Z Z Z H I H I 1 2 Z Z PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 28 Haddan tashqari yupqa (ultrayupqa) kesmalarni rentgenostruktura analizi va elektron mikroskopda tekshirishdan o’tkazib olingan zamonaviy ma’lumotlar (Xaksli va Xanson) izotop disklar tabiatini aniqlashga imkon berdi. Bu tekshirishlar miofibrillarning necha yuzlab (o’rtacha 2500 ta) juda ingichka iplardan tashkil topganligini ko’rsatdi, shu iplarning har biri oqsil molekulalarining polipeptid zanjirlaridan hosil bo’lgan. Bu iplar o’zining diametri va oqsil tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bir muncha yo’g’onroq iplar (diametri 100-110 A 0 ) asosan miozin oqsildan tashkil topgan bo’lsa, bir muncha ingichkalari (diametri 40-50 A 0 ) aktin oqsildan tashkil topgandir. Elektron mikroskopda olingan fotosuratlarda yo’g’on va ingichka iplarning o’zaro qat’iy bir tartib bilan joylashganligi, har bir yo’g’on ipning 6 ta ingichka ip bilan o’ralib turishi ko’zga tashlanadi. Ayni vaqtda ikkita qo’shni yo’g’on ip o’rtasida bir juft ingichka ip bo’ladi (qo’shaloq geksoganal panjara). Miozin va aktin iplarida ko’ndalang ko’prikchalar ko’rinishida yon birikmalar bor, bular orasi taxminan 60-70 A 0 keladigan miozin iplari o’simtalaridan hosil bo’lgan. O’sha ko’prikchalar yo’g’on ipni qo’shni oltita ingichka ipning xar biri bilan birlashtiradi va o’ramlari har 400 A 0 dan keyin takrorlanadigan spiral bo’ylab joylashadi, shu narsa miofibrillarning struktura jihatdan yaxlit bo’lishini ta’minlab beradi. Tinch holatdagi muskulda ko’prikchalar aktin bilan o’zaro ta’sirlashmaydi. Muskul qisqarganda I disk torayadi. A-disk uzunligi o’zgarmaydi, Ζ -disklar bir- biriga qarab harakatlanadi. Natijada I disklar umuman yo’qoladi. Sarkomer hajmi qisqarishda kam o’zgaradi, demak u qalinlashadi. Sarkomerdagi yo’g’on iplar ingichka iplar orasiga sirg’alib kira boshlaydi, bu A.Xaksli sirg’aluvchan iplar nazariyasidir. Bu nazariyaga ko’ra ingichka va yo’g’on iplar o’zaro ta’siri ko’prikchalar vositasida ro’y beradi. Tinch holatdagi muskulda ko’prikchalar iplarga perpendikulyar joylashadi, qisqarishda ko’prikchalarning qiyalik burchagi o’zgaradi (rasm 1.16), natijada ko’prikcha ulangan aktiv markaz (rasmda ushbu markaz qora rangda berilgan) bir “qadam” ga siljishi ro’y beradi. Shunday qilib, qisqarishda qo’zg’aluvchan qism ko’prikcha hisoblanadi. Muskulning qisqarishi iplarning uzunligini o’zgartirmasdan, ularning bir-biriga nisbatan harakati vujudga keladi: miozin iplar panjarasi aktin iplar panjarasiga kira boshlaydi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 29 1.16 - rasm. Muskul qisqarishida ingichka va yo’g’on iplarning sirg’alishi. Muskul izometrik qisqarishda hosil qiladigan kuch qiymati sarkomer uzunligiga bog’liqdir. Sarkomer cho’zilishida kuch iplar ustma-ust tushish zonasi o’zgarishiga chiziqli holda kamayadi, ya’ni kuch aktin va miozinning kontaktlari soniga proporsionaldir. Shunday qilib, miozin ko’prigi bilan aktinning bog’lanishi kuch paydo bo’lishiga olib keladi, muskul qisqarsa ko’prik kuchi nolgacha kamayguncha iplar sirg’alishi vujudga keladi. Sirg’aluvchi iplar modelida har bir ko’prik siklik ishlaydi. Ko’prik kuch hosil qiladigan yo’lni ishchi yurish deb, keyingi harakatini ko’prikning teskari yurishi deb qarash mumkin. Ushbu sikl davomida ATF sarf bo’ladi. Ishchi yurish davomida ko’prik ATF gidrolizining erkin energiyasini mexanik ishga aylantiradi. Teskari yurishda ko’prik holatining o’zgarishiga ATF energiyasining bir qismi sarf qilinadi. Yo’g’on miozin iplari A - diskda, bir muncha ingichka aktin iplari esa V - diskda turadi, shu aktin iplari - diskga kirib, N - zonaga yetib boradi. Asosan A - disklarga yaqin miofibrilla sarkoplazmasida mitoxondriyalar joylashgan, bularda oksidlanish va fosforlanish jarayonlar natijasida hosil bo’ladigan ATF muskul qisqarishiga bevosita energiya beruvchi manba xisoblanadi. Bu borada V.A.Engelgard va M.N.Lyubimova (1939) muhim kashfiyot qildilar. Ular miozin qisqaruvchanlik xossasi borligi bilan bir qatorda u fermentativ aktivlikka ham ega bo’lib, ATFning makroergik bog’ini uzadigan adinozintrifosfataza fermenti ekanligini aniqlashdi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 30 Muskulda miozin bilan aktin miozinining fermentativ xossalarini taxminan 10 barobar kuchaytiradigan kompleks birikma aktomiozin hosil qila oladi. Aktomiozin ATF ta’sirida kichik konsentrasiyadagi magniy ionlari ishtirokida aktin va miozinga dissosiasiyalanadi. Muskul qisqarishida ATF ikki xil rol uynaydi. U aktimiozin aktin va miozinga dissosiasiyalanishiga sabab bo’ladi va ayni vaqtda miozinning adinozintrifosfataza xossalari ta’siri bilan o’zi parchalanib, muskulning qisqarishi uchun zarur energiyani ajratib chiqaradi. Muskuldagi qisqaruvchan oqsillarning makromolekulalari kooperativ tizimlarga misol bo’la oladi. Bunga sabab shuki, ularning atvori o’zlarini hosil qiluvchi elementlarining o’zaro ta’siriga bog’liq. Muskul qisqarishi kooperativ xarakterga ega, chunki muskul ishi qisqaruvchi oqsillar konfigurasiyasining o’zgarishiga bog’liq. Bu hodisalar ketma-ket bo’lib o’tadigan bir qancha fazalar bilan yuzaga chiqishi mumkin. Bu fazalar bir-biriga bog’liq bo’lib, bir-birini taqozo etishi muskul reaksiyasini ta’minlaydi. Suyak to’qimasining 2/3 qismi noorganik modda (gidro-silappatit)lardan tashkil topgan. Qolgan qismi organik moddadan kollagendan (yuqori molekulyar birikmadan) yuksak elastik xossaga ega bo’lgan tolali oqsildan tashkil topgan. Gidrosilappatit kristalchalari kollagen to’qimalari (fibrillalar) orasida joylashgan. Suyak to’qimalari zichligi 2400 kg/m 3 , uning mexanik xossasi yoshga va tananing qismiga qarab turlicha bo’ladi. Teri kollagen tolalaridan, elastin va asosiy to’qima materialidan iborat. Kollagen quruq massasining 75%, elastin esa 4 % tashkil qiladi. Elastin rezina kabi cho’ziladi (300% gacha), kollagen esa kapron tolasiga o’xshash cho’ziladi (10%). Teri yuqori elastik xossaga ega. Muskullar tarkibiga kollagen va elastin tolalaridan tarkib topgan tutashtiruvchi to’qima kiradi. Shuning uchun ularning mexanik xossalari polimerlar mexanik xossalariga mos keladi. Qon tomirlari to’qimasining mexanik xossalari kollogen, elastin va muskul tolasining xossalari orqali aniqlanadi. Odam va hayvonlarning mexanik ishi ko’pgina sabablarga bog’liq bo’lgani uchun oldindan ishning biror chegaraviy qiymatini ko’rsatish qiyin. Massasi 70 kg bo’lgan sportchi 1 metr yuqoriga ko’tarilsa, u 0,2 sekund vaqtda 3,5 kVt quvvatga ega bo’ladi. Odam gavdasi bajargan ishni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin. 2 2 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling