Bizning tevarak-atrofimiz, barcha narsalar, bizning o’zimiz ham materiyaning
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA DARSLIK-1-mavzu
bog’lanish. σ-mexanik kuchlanish, ε-nisbiy deformasiya
Yung moduli og’ish burchagi tangensi orqali aniqlanadi. Yumshoq biologik materiallar xuddi muskul to’qimalari singari elastik xossaga ega. Yumshoq materiallar elastomerlarga kiradi, ular suyak materialidan quyidagilar bilan farq qiladi; -suyak materiali cho’zilish va siqilish chizig’i to’g’ri chiziqdan iborat bo’lsa, elastomerniki egri chiziq. -Yung moduli suyak materiali uchun taxminan 10 10 Pa va o’zgarmas bo’lsa, elastomerniki kuchlanishga qarab 10 5 – 10 6 Pa oralig’ida o’zgaradi, -suyak cho’zilishi 1% atrofida bo’lsa, elastilin 3 karragacha ham cho’zilishi mumkin. Hamma biologik materiallar qayishqoq elastik xossalarga ega, birok elastiklik ayrim xollarda qayishqoqlikdan ustunroq bo’ladi. Qayishqoqlik va elastik xossalarining bir-biriga nisbati bir tomondan materialning duch kelayotgan deformasiyalar oralig’iga, ikkinchi tomondan mexanik kuchlanishning vaqtga qarab o’zgarishiga bog’liqdir. Ko’pchilik biologik materiallar qayishqoq elastik xossalari anizotropiyaga, yani elastiklik modulining turli yunalishlar bo’yicha har xil qiymatlarga ega ekanligi aniqlangan. Quyidagi rasmda (1.18-rasm) ho’kiz son suyagining elastiklik modulining bo’ylama o’qiga nisbatan joylashish burchagiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Quyidagi grafikning bunday ko’rinishi suyak funksional tuzilishining murakkabligidan dalolat beradi. Biologik materiallarning cho’zilish paytidagi holatini elastik deb qarash emas, qayishqoq elastik deb qarash zarur. Ho’kiz va quyonning son suyagi uchun kuchlanish-deformasiya bog’lanish chizig’ida 2 10 / 10 2 , 1 м н ⋅ kuchlanishdan yuqoriroq kuchlanishlarda suyak elastik chegarasidan o’tishi aniqlangan. Suyak 4 10 5 − ⋅ = ε dan yuqoriroq chuzilishda qoldiq deformasiyalangan bo’ladi. α α PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 33 1.18 - rasm. Ho’kiz son suyagi elastiklik modulining bo’ylama o’qiga nisbatan joylashish burchagiga bog’liqligi: -suyakdagi o’lchamlar ,+ -quruq suyakdagi o’lchamlar. α-burchak, E-elastiklik moduli Biologik mexanizmlarning xarakatlanuvchi kismlari odatda uning xarakatidagi qo’zg’aluvchi yoki qo’zg’almas qismlari bilan tutashtirilgan bo’ladi. Skelet suyaklari va muskullar birlashmasidan iborat bo’lgan bo’g’inlar, xayvonlar va odam tayanch- harakatlanish tizimini hosil qiladi. Umurtqalilar biostatikasining asosiy prinsipi katta cho’zilishlarga bardosh bera oladigan muskul va paylar bilan katta siqilish va egilishga chidaydigan suyaklar birikishi mavjudligidir. (1.19-rasm) 1.19 - rasm. Suyaklarning muskullar va paylar bilan turg’unligi amalga oshishi. Normal tik turgan odam tanasida suyak va muskullardan iborat bo’g’inlar juda turg’unmas holatdagi tizimni hosil qiladi. Shunga qaramasdan butun tizimning muvozanatda saqlanishiga sabab, tanani ushlab turuvchi muskullar tizimining doimiy taranglanib turishi tufaylidir. Umurtqalilarning skelet muskullari uzunligi bir necha millimetrdan o’nlab santimetrgacha va qalinligi odatda 0,05 - 0,1 mm bo’lgan muskul to’qimalaridan iborat. To’qimalar kundalang strukturalar bo’lgan Z-plastinkalar bilan bir xil qismlar-sarkomerlarga bo’lingan, ularning tinch holatdagi muskulda uzunliklari 2,2 mkmni tashkil etadi. To’qimalarning bo’shashgan holatdan aktiv holatga o’tish nerv impulsi ta’sirida sarkoplazmatik retikulumdan Sa + 2 ionlarining chiqishi tufayli ro’y beradi. Aktivlashish tugagandan keyin Sa + 2 konsentrasiyasi 10 2 -10 3 marotaba kamayadi va 10 7 − -10 8 − molni tashkil etadi. Muskullar aktivlashishi tufayli qisqaradi yoki uzunligi o’zgarmagan holda kuchlanish hosil qiladi (izometrik qisqarish). Aksincha izotopik qisqarishda muskullar doimiy kuchlanishda qisqarib, ish bajaradi. Muskullarning mexanik va energetik xossalari haqidagi ko’pchilik malumotlar A.Xill tomonidan 1930-1964 yillarda aniqlangan. Xill tenglamasiga ko’ra muskullar qisqarish tezligi va hosil bo’ladigan kuch orasidagi bog’lanish giperbolik grafik bilan xarakterlanadi. (1.20 - rasm) ) ( ) )( ( max a F b a F + = + + ϑ (1.24) PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 34 bunda max F -muskulning kuchlanishida hosil kiluvchi kuch, ya’ni izometrik qisqartirishdagi kuch, ϑ -muskul qisqartirishning o’rtacha tezligi 1.20 - rasm. Qurbaqa biriktiruvchi muskuli qisqarish tezligi ϑ bilan izotopik qisqarishdagi muskul kuchi F orasidagi bog’lanish. Muskullarning maksimal kuchi F max sarkomerlar uzunligiga bog’liq. Bu bog’lanish 1.21-rasmda keltirilgan. Undan ko’rinadiki, faqat sarkomer uzunligi 2-3 mkm bo’lgandagina muskul kuchi o’zining maksimal qiymatiga erishadi. Kuchli uzayishda muskul qisqarishi kuchi miozin va aktin iplari zonalari qoplanmasligi tufayli keskin kamayadi. 1.21 - rasm. Muskul maksimal kuchining (F мax ) sarkomer uzunligiga (L) bog’lanishi. Muskullar strukturasi, energetikasi va biomexanikasi haqidagi ma’lumotlarni tushuntirish uchun muskul modellari taklif etilgan. Faol holatdagi muskulning qovushoq elastik modelini A.Xill taklif etgan. Ushbu modelda muskul ikki paralel elastik elementlardan iborat bo’lib, ulardan biri qovushqoq dempfer bilan to’ldirilgan (1.22-rasm, 1). Tinch holatdagi muskul faqat elastiklik xususiyatiga ega. T 2 T 1 E 2 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling