Blackcurse


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/106
Sana02.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#197631
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106
Bog'liq
2 1 Fizikani o'qitish uslubiyati (Rustamov H) Maruza

Nazorat savollari 
1.Umumta’lim  maktablarida  molekulyar  fizika  va  termodinamika  bo’limlarining 
tarkibi va strukturasi? 
2. Ideal gaz qonunlari qanday usulda o’qitiladi? 
3. Issiqlik hodisalarini qaysi usullarda o’qitadi? 
4.  Issiqlik  hodisalarini  o’rganishning  statistik  usuli  va  uning  didaktik  ahamiyati 
nimadan iborat? 
5. Ichki energiya tushunchasi va uni umumta’lim maktablarida o’qitish uslubiyati? 
 
18-Ma’ruza. Elektromagnitizm va optika  bo’limini o’qitish 
uslubiyati. 
 
Reja:Elektrostatika. Kulon qonuni. O’zgarmas elektr toki. Turli muhitlarda elektr 
toki.  Tokning  ishi  va  quvvati.  Elektromagnit  induksiya.  Tebranish  va  to’lqinlar.  Elektro-
magnit  tebranishlar  va  to’lqinlar.  Maksvellning  elektromagnit  maydon  nazariyasi. 
O’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni.  
 
Tayanch iboralar: Elektr, magnit, induksiya, o’z induksiya, rezonans. 
 
 
Elektr  bo’limi  umumta’lim  maktablarida  VII  sinfda  o’rganiladi  va  qayta 
o’qitilmaydi.  VII  sinfda  elektromagnitizmdan  quyidagi  mavzular  o’rganiladi: 
Elektr zaryadlar. Elektr maydon. Elektr  toki. Elektr zanjir. Magnit  maydon. Elek-
tromagnit hodisalar. Yarim o’tkazgichlar. Elektromagnit tebranishlar va to’lqinlar. 
Radioaloqaning fizik asoslari. 
 
Akademik  liseyda  elektr  bo’limi  elektrostatika,  elektromagnit  induksiya, 
moddalarning magnit xossalari, elektromagnit to’lqinlar bo’limini o’z ichiga oladi 
va chuqur o’rganiladi. 


 
113 
 
Oliy ta’limning fizika mutaxassisligi uchun elektromagnitizm ikki bosqichda 
o’qitiladi.  Birinchi  bosqich  (II  kurs)  asosan  induktiv  usulda,  yuqori  kursda  elek-
trodinamika asoslari asosan deduktiv usulda o’qitiladi. 
 
Elektr  va  magnitizm  bo’limi  umumta’lim  maktablarida  elektrostatikani 
o’rganishdan boshlanadi. Elektrostatikaning fundamental qonuni Kulon tomonidan 
tajribada  ochilgan.  Shu  o’rinda  bir  muhim  fizik  kattalik  elektrostatik  maydon  tu-
shunchasini  va  uning  materiyaning  maydon  ko’rinishi  ekanligini  o’quvchilarga 
yetkazish muhim didaktik usul hisoblanishini qayd etib o’tmoqchimiz. 
 
Har qanday zaryad  yoki zaryadlangan   jismlar  o’z atrofida  elektr  maydonini 
vujudga keltiradi, bu maydon qanday vujudga keladi hozircha fanda xuddi gravita-
siya  maydoni  kabi  noma’lum.  Ammo  uning  mavjudligi  va  xossalari  to’g’risida 
ma’lumotga egamiz. Elektrostatika bo’limida elektr maydon kuchlanganligi va po-
tensiali tushunchalarini o’quvchilar qanday o’zlashtirishlari elektr bo’limidagi bar-
cha  jarayonlarni  muvaffaqqiyatli  o’zlashtirishlari  uchun  asos  bo’ladi.  Shuning 
uchun elektr maydon kuchlanganligi va potensialini tushuntirishda qanday didaktik 
usul  qo’llash  maqsadga  muvofiq  bo’ladi?  Darsliklarda  bu  narsaga  yetarli  e’tibor 
berilmaydi.  Qanday  yo’l  tutsak  o’quvchilar  bu  ikkala  kattaliklarni  mohiyatiga 
to’liq tushunishadi. Bizning fikrimizcha ushbu mavzuni bayon etishda elektromex-
anik analogiya eng maqbul usul hisoblanadi. Chunki o’quvchilar gravitasiya may-
doni,  uning  potensial  maydon  ekanligi,  og’irlik  va  og’irlik  kuchi,  erkin  tushish 
tezlanishi kabi fizik kattaliklardan xabardor ekanligini e’tiborga olsak, elektr may-
donini gravitasiya maydoniga qiyoslab o’rganish didaktik jihatdan to’g’ri hisobla-
nadi. 
 
Elektrostatik  maydon  ham  gravitasiya  maydoni  kabi  potensial  maydon 
hisoblanadi.  Potensial  maydon  xossalari  elektrda  ham,  mexanikada  ham  bir  xil 
tabiatga ega. 
 
Shuning  uchun  elektrostatikadagi  elektr  maydon  kuchlanganligi  va  poten-
sialini  o’tishdan  avval  o’quvchilarga  gravitasiya  maydoni  to’g’risida  qisqacha 
ma’lumot berish zarur. 
1)  Gravitasiya maydonida m-massasi jismning potensial energayasi. 
         
A
mgh
W
R
Mm
W



;

 
   
2)  Elektr maydonda q zaryadni potensial energiyasi. 
         
)
(
;
1
2





q
W
R
Qq
К
W
 
 
(1)  va  (2)  formulalar  juda  o’xshash,  lekin  ularga  kirgan  fizik  kattaliklar 
turlicha tabiatga ega. 
    
2
2
R
M
g
R
Mm
F




 (1)          
2
2
R
Q
К
E
R
Qq
К
F


  (2) 
 
Gravitasiya maydonining ta’sirini o’quvchi to’g’ridan-to’g’ri sezishi mumkin. 
Elektr  maydoni  ko’zga  ko’rinmas  bo’lib,  uning  mavjudligini  bevosita  kuzatish 
mumkin emas, ya’ni uning mavjudligini biror zaryadga ta’siri orqali sezish mum-
kin. Gravitasiya va elektrostatik maydonlar o’rtasida o’xshashlik bor. Ikkala may-


 
114 
don    ham  potensial  maydon  hisoblanadi.  Shuning  uchun  gravitasiya  kuchi  bilan 
Kulon kuchi o’rtasida ham umumiylik bor, lekin funksional bog’lanishda ishtirok 
etuvchi fizik kattaliklar boshqa-boshqa ma’noga ega. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling