Blackcurse


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/106
Sana02.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#197631
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106
Bog'liq
2 1 Fizikani o'qitish uslubiyati (Rustamov H) Maruza

FO’U faninnig predmeti
 
 
 
FO’U fanininig uchta asosiy predmeti bor: 
1.  Fizika fani Oliy, o’rta maxsus va umum ta’lim maktablarida nima maqsadda 
o’tiladi? 
2.  Fizikadan nimalar o’qitiladi? 
3.  Fizika fani qanday o’qitiladi? 
FO’U  fanining  predmedlari  jamiyatning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy 
ehtiyojlarining  o’zgarishi  bilan  uning  mazmuni  va  maqsadi  ham  o’zgarib  turadi. 
Fizika fanini o’qitishdan quyidagi asosiy maqsadlar ko’zda tutiladi: 
 
1. Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish. 
 
 
Umumta’lim  maktablarining  asosiy  vazifasi  “Barkamol  avlod”ni  ta’lim  va 
tarbiyasi  hisoblanadi.  Barkamol  avlod  deganda  ma’naviy  jihatdan  boy,  dunyoviy 
ilmlar  sohibi,  mehnatsevar,  Vatanga  sodiq,  ijodkor,  mustaqil  fikrlay  oladigan 
yoshlar tushuniladi. Fizikani umum ta’lim maktablarida o’qitishdan asosiy maqsad 
o’quvchilarda  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish  hisoblanadi.  Umumta’lim 
muassasalarini  bitirib  chiquvchi  yoshlar  zamonaviy  texnika  vositalarini  boshqara 
oladigan,  tabiat  hodisalari  va  ular  orasidagi  dialektik  bog’lanishlarni  mushohada 
qila oladigan,  olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llay oladigan bo’lishlari kerak.  
 
Fizika  fanini  umumta’lim  maktablarida  o’qitish  jarayonida  o’quvchilarda 
quyidagi ilmiy dunyoqarashlar shakllantirib boriladi. 
1.  Dunyoning  moddiyligi  va  birligi.  Falsafa  fani  olamning  moddiyligi,  uning 
materiyadan  tashkil  topganligi  hamda  tabiatdagi  o’zgarishlar,  materiyaning 
harakati natijasida sodir bo’lishligini tushuntiradi. Materiya ko’rinishlari va uning 
xossalari  fizika  fanini  o’qitish  jarayonida  bochqichma-bosqich    ochib  boriladi. 
Moddalar tuzilishini o’rganish orqali o’quvchilar tabiatdagi barcha jismlar atom va 
molekulalardan  tashkil  topganligi,  ular  doimo  harakatda  ekanligini  tushuna 


 
11 
borishadi. Materiyaning moddiy va maydon ko’rinishida namoyon bo’lishi va ular 
bir-biriga aylanishi, bu o’zgarishlarni bizning sezgi a’zolarimiz va turli xil asboblar 
yordamida  o’rganish  mumkinligi  fizikani  o’qitish  jarayonida  ko’rsatib  beriladi. 
Materiyaning  maydon  ko’rinishini  gravitasiya,  elektr  va  magnit  maydonlari 
misolida ko’rishimiz mumkin. Spektral analiz yordamida fazoviy yoritgichlar ham 
Yerda mavjud bo’lgan ximiyaviy elementlardan tashkil topganligini ko’rsatmoqda. 
Elektr  va  magnit  maydonlarining  manbai  zaryadli  zarrachalar  ekanligi,  ya’ni 
zaryad  tinch  turgan  sanoq  sistemada    elektr  maydonini  hosil  qilsa, 
harakatlanayotgan  sanoq  sistemada  elektr  maydonidan  tashqari  magnit  maydoni 
ham  yuzaga  kelishi  mumkinligi  ochib  beriladi.  Fizikani  o’qitish  jarayonida 
materiya yo’q bo’lmasligi u faqat bir turdan boshqasiga aylanishi isbotlab beriladi. 
Masalan,  materiyaning  moddiy  va  maydon  ko’rinishlarining  bir-biriga  aylanishini 
elektron ye
-
 va pozitron ye
+
 anniglasiyasi misolida ko’rishimiz mumkin. 
 
    
                                              
 
                                               
                                                                                      
 
 
 
Bunda  elektron  ye
-
  va  pozitron  ye
+
    moddiy  zarrachalar  hisoblansa,  ularning 
anniglasiyasi natijasida hosil bo’lgan 

-kvant yorug’lik yoki elektromagnit maydon 
hisoblanadi.  Xuddi  shuningdek 

-kvant  biror  to’siqqa  urilib  qayta  elektron  va 
pozitronga aylanishi ham mumkin ekan.   
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling