Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140
Bog'liq
sitologiya

ULТRATSENТRIFUGALLASH. 

 

Ultratsentfugani  yaratilishi  bilan  sitologiyada  yangi  kuzatishlarga  imkoniyatlar 



yaratildi.  Bu  asbob  minutiga  100000  martaga  yakin  aylanishida  hujayraning  juda  mayda 

alohida  qismlari  -  yadrosi,  pardasi,  qobig’i,  mitoxondriya,  ribosoma  va  boshqa 

komponentlarni ajratib olish, hamda ularning strukturasi va funksiyasini tekshirishga imkon 

beradi.  

 

Ajratish  va  tekshirishning  mazkur  barcha  yo’llari  yuqori  kuchlanishli  maydon  hosil 



qilish yo’li bilan vujudga kelitiriladigan og’irlik kuchini tezlanishiga asoslanadi. Zichligi kam 

bo’lgan,  erimay  suyuqlikda  kalkib  yurgan  zarrachalar  og’irlik  kuchi  ta’sirida  cho’ka 

boshlaydi.  Odatda  zarracha  qancha  kichik  bo’lsa,  u  shuncha  sekin  cho’kadi.  Shuning 

uchun chukishini tezlashtirmasdan turib ularni ajratish uchun juda ko’p vaqt kerak bo’ladi. 

 

Cho’kish  jarayonini  tezlashtirish  maqsadida  yerning  tortish  kuchi  ultratsentrifugada 



paydo  bo’ladigan  markazdan  qochirma  kuch  bilan  almashtiriladi.  Eng  mukammal 

ultratsentrifugani Shved olimi Svedberg yasadi va birinchi bo’lib foydalandi.  

Hujayrani  tarkibiy  qismlarga  ajratishning  hozirgi  zamon  usullari  to’qimalarni 

gomogenizatsiyalash  yoki  hujayra  chegarlarini  turli-tuman  mexaniq  yoxud  kimyoviy 

vositalar  yordamida  bo’zish  yo’li  bilan  ularning  zichligi  va  sirtining  katta  kichikligiga 

muvofiq  ravishda  bo’laklarga  ajratishdan  iborat.  Hujayradan  quyi  darajada tashkil topgan 

fraksiyalarni  ajratib  olish  uchun  muayyan  vaqt  davomida  turli  aylanish  tezligida 

sentrifugallashdan foydalaniladi.  

 




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling