FLUORESSENТ MIKROSKOPIYA.
Faza kotrastik mikroskopga o’xshash fluoressent-lyuminessent mikroskopiya ham
tirik hujayrani o’rganishga imkon beradi.
Fluoressensiya deb ob’ektni o’ziga yutgan yorug’lik energiyasi paydo kilgan
nurlanishiga aytiladi. Fluoressensiyani ultrabinafsha, ko’k va binafsha nurlar yordamida
hosil qilish mumkin. Hujayrada bo’ladigan juda ko’p moddalar o’zlarining
fluoressensiyasiga ega. Bu birlamchi fluoressensiya deyiladi. Masalan: yashil pigment-
xlorofill, vitaminlardan A, V
1
va boshqalar.
Ammo
hujayrada
bo’ladigan
ko’pchilik
moddalar
o’zlarini
shaxsiy
fluoressensiyasiga ega bo’lmaydi. Bunday moddalar maxsus ishlov berilgandagina turli
bo’yoqlarga bo’yalganday ko’rinadi. Buni ikkilamchi fluoressensiya deb ataladi.
Ikkilamchi fluoressensiya hosil qiladigan bo’yoqlarni fluroxromlar deyiladi.
Bu metod nuklein kislotalarni joylashishini, hujayrani strukturalarini o’zgarishini, uni
tirik yoki o’lik holda ekanligini bilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |