Blackcurse
ULТRASТRUKТURANI ТEKShIRISh MEТODI
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- GOMOGENAТLARNI FRAKSIYALASH MEТODI
ULТRASТRUKТURANI ТEKShIRISh MEТODI.
14
1933 yilda elektron mikroskopni ishlab chiqilgandan so’ng hujayrani o’rganishda yangi davr boshlandi.
Agar zamonaviy yorug’lik mikroskoplarini maksimal kattalashtirish qobiliyati 3600 marta (30x120) bo’lsa, elektron mikroskopniki milliongacha va undan ham ortikdir. Bunda xattoki 4 A kattalikdagi zarrachani ham ko’ra olish mumkin. Uning yordamida hujayraning juda ko’p eng muhim organoidlarini ko’rishga imkon tuqildi.
Elektron mikroskoplarning oddiy yorug’lik mikroskop-laridan asosiy farqi shundaki, bunda yorug’lik nuri urniga elektronlarni tez okimi qo’llaniladi. Shisha linzalar esa elektromagnit maydonlari bilan almashtirilgan . Elektronlar manbai yoki katod bo’lib, elektr toki bilan qizdirilib turiladigan volfram ip xizmat qiladi. Elektronlar anodga tomon harakat qilayotganida kichkina teshikdan o’tadi, so’ng ob’ektga yo’naladi, shunda ob’ekt kattalashadi va ekranda ko’rinadi. Bu metodda faqat maxsus usullar bilan tayyorlangan ob’ektlargina o’rganiladi. Bu mikroskoplarda ko’rish uchun kalinligi 20-40 nm bo’lgan ultrayupqa kesmalar ishlatiladi. Kesmalar maxsus ultramikrotomlarda tayyorlanadi. Тirik ob’ektlarni esa o’rganilmaydi. Elektron mikroskop ayniksa, keyingi 30-35 yil davomida hujayrani juda mayda strukturalarini o’rganishga keng qo’llanilmoqda. Ammo, bunday mikroskoplarda ob’ektlardan tayyorlangan kesmalargina o’rganiladi. Hujayralarning bir butun va tirik holda ko’rishga imkon bermaydi. Shuning uchun olimlar skanirlangan elektron mikroskoplarni yaratdilar. Uning yordamida tirik yoki fiksatsiyalangan obe’ktlarni x15 dan x20000 martagacha kattalashtirib ko’rish mumkin.
GOMOGENAТLARNI FRAKSIYALASH MEТODI Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling