Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
31 Bular biologik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan oqsil nuklein kislotalari va polisaharidalrni parchalaydi. Bu moddalar hujayraga ovqat sifatida fagotsitoz va pinotsitoz yo’li bilan kiradi. Lizosoma ularni parchalanishida -lizisida katnashadi. Shuning uchun bu organoidni nomi ham lizosoma (lisis- eritish va soma-tana) deb nomlangan. Lizosomalarning yigindisini hujayralarning “ovqat xazm qilish sistemasi” deb atash mumkin, chunki ular hujayraga kirayotgan barcha moddalarni o’zgarishida ishtirok etadi.
Undan tashqari lizosomalarni fermentlari ta’sirida hujayraning ulgan ba’zi bir strukturalari, yoki butun bir hujayralar xazm bo’lib ketishi mumkin. Lizosomalar ba’zi bir organlarni, masalan, it balikni dumini rezorbsiyasida, yuk bo’lishida asosiy rolni o’ynaydi.
Lizosomalarni fermentlar o’zi turgan hujayrani ham xazm qilib yuborishi mumkin. Olimlarni fakricha hujayralarni “o’zini xazm bo’lib ketishidan” lizosomalarni membranalari saqlaydi. Bu membranani bir butunligini buzilsa hujayra va uning organoidlari xazm bo’lib ketishi mumkin. Lizosamalar hozirgi vaqtda barcha hujayralarda topilgan. 7 Mikronaychalar.
Oxirgi vaqtda mikronaychalarni tuzilishi xaqida juda ko’p ishlar paydo buldi. Ular turli o’simlik va hayvon hujayralarida bayon qilindi. Mikronaychalar nerv hujayralarini, epiteliya hujayralarini, kon tomirlarni endoteliyalarini, silliq va kundalang yo’lli muskul to’kimalari hujayralarini, Sodda hayvonlarni, oshkozokni subepidermal hujayralarini, tarvuzni, elodeyaning barglarini va boshqa o’simliklarni elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida ochildi. Ular ko’pchilik hujayralarda topilgani uchun hujayra organoidlarga kiritildi. Har bir mikronaycha 2,5mk atrofida bo’lib, diametri 200-300 A. Mikronaychalar shoxlanmaydi. Ular 3 kvatli membranalarga ega. Mikronaychalar ko’proq hujayra membranasiga yakin joylashadi. Mikronaychalar undan tashqari hujayra organoidlari bilan ham yakindan aloqada bo’ladi. Kimyoviy tuzilishi hozircha noaniq. Ba’zi olimlar ularni tayanch vazifasini bajarsa kerak deb, ya’ni sitosklet deb qarashadi. Mikronaychalarni boshqa organoidlar bilan aloqasi ularni kanallarida suyuqliklar sirkulyatsiya qilsa kerak deb taxmin qilishga asos bulmoqda.
Ba’zi olimlar mikronaychalarni strukturasi axromatin ipchalar qoldigi bo’lsa kerek deb taxmin kilmoqdalar. Bulrni barcha hujayralarda toptlganligi ularni hujayrani hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi, shuning uchun ham bu soxadagi tekshirishlar davom ettirilmoqda.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling