Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

Endoplazmatik to’r. 

  

Hujayraning bu organoidi 1945-1946 yillarda ochildi. K.Porter, A.Klod va Fulmanlar 



fibroblastlarni  sitoplazmasida  to’rsimon  strukturani  ko’rib  qoldilar  va  ularni  elektron 

mikroskop  yordamida  batafsil  tekshirishdilar.  Bu  strukturalar  sitoplazmaning  ichki 

qismlarida  –  endoplazmada  joylashganligi  uchun  endoplazmatik  to’r  yoki  endoplazmatik 

retikului deb nomlandi.  

  

Тurli  hujayralardan  tayyorlangan  ultra  yupqa  kesmalarni  elektron  mikroskopik 



tekshirishlarni  ko’rsatishicha   endoplazmatik tur membrana bilan chegaralangan murakkab 

kanallar sistemasidan, vakuollardan va sisternlardan iborat ekan. 

Endoplazmatik  turning  membranasi  ham uch kavatli tuzilishga ega. Endoplazmatik 

turni  kay  darajada  taraqqiy  etganligi  hujayralarning  kay  darajada  differensiallanganiga 

bog’lik. Bo’linayotgan hujayralarda u kam taraqqiy etgan, yetilgan hujayralarda esa yaxshi 

taraqqiy etgan bo’ladi. 

  

Endoplazmatik  tur  membranalarini  nozik  kuzatishlarni  ko’rsatishicha,  bu 



membranalarning  sirtida  yumalok,  qattiq  granulalar  joylashgan ekan, ular ribosomalar deb 

ataladi.  

  

Membrananing  ba’zi  joylarida  bu  granulalar  bo’lmaydi.  Shuning  uchun 



endoplazmatik  turni  ikki  turi  farq  qilinadi:  1)  granulyar yoki dagal; 2) silliq endoplazmatik 

to’rlar.  Endoplazmatik  tur  membranasining  kimyoviy  sostavi  bioximik  analiz  orqali 

aniqlandi.  Uning  tarkibida  oqsillar  va  lipidlar  mavjud.  Undan  tashqari  bir  qancha 

fermentlarga, masalan, AТF – azaga ega. 

  

Bu organoid barcha o’simlik va hayvon hujayralarida topilgan, ammo bakteriyalarda 



bor-yukligi aniq emas.  

  

Granulyar  endoplazmatik turni oqsil sintezida ishtirok etishi aniq isbot etilgan. Sillik 



endoplazmatik tur membranalarida glikogen va lipidlarni sintezlanishi aniqlangan. 

  

Endoplazmatik  turning  har  ikkala  xilining  kanallarida,  vakuollarida  va  sisternlarida 



sintez mahsulotlaridan oqsillar, yoglar va glikogenlar tuplanadi.  

  

Hozirgi  vaqtgacha  endoplazmatik  turni  kaysi  materialdan  hosil  bo’lishi 



aniqlanmangan.  Ammo,  bu  organoidni  tashqi  sitoplazmatik  membrana  bilan  yakindan 

aloqada  ekanligi  ana  shuning  hisobiga  yoki  yadro  bilan  yakindan aloqada bo’lgani uchun 

uning  membranasi  hisobiga  endoplazmatik  tur  membranasi  hosil  bo’lsa  kerak  deb 

taxminlash  mumkin.  Bu  taxminni  quyidagi  analiz  tasdiqladi.  Bugdoyning  endospermasini 

elektron  mikroskopik  tekshirishda  uning  hujayralarida  yadroning  membranasi  haltasimon 

o’simtalar hosil qilishi aniqlandi, undan esa endoplazmatik turning sisternlari hosil bo’ladi.  




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling