Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
27 Shunday qilib, kiritmalar garchi sitoplazmadagi bekaror tuzilmalar bo’lsada, hujayralarning hayot faoliyatida katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Sitoplazmaning hujayrada muayyan vazifalarni bajaruvchi maxsus differensiallashgan qismlari organoidlar deb ataladi. Bular hujayraning doimiy qismlaridir. Hujayra markazi, mitoxondriylar, ichki to’rsimon apparat, endoplazmatik to’r, ribosomalar(mikrosomalar), lizosomalar, mikronaychalar shular jumlasidandir. Undan tashqari, faqat o’simlik hujayralariga xos bo’lgan organoid – plastidlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Metaplazmatik tuzilmalar deb nomlangan yuqori differensiallangan sitoplazmatik strukturalar organizmda alohida urinni egallaydi. Ular ko’pchilik o’simlik va hayvon hujayralarida uchraydi. Harakat organoidlari – miofibrillar, kipriklar, xivchinlar; tayanch strukturalar – tonofibrillar; tashqi kitiklanishni kabu qiluvchi organoidlar - neyrofib-rilar shular jumlasidandir.
Hujayra organoidlarining ba’zilari yorituvchi mikroskoplar yordamida topilgan. Ammo, barcha organoidlarning nozik tuzilishlari faqat elektron mikroskopni qo’llash orqali aniqlanadi.
Biz quyida hujayra organoidlaridan faqat ba’zi birlarini elektron mikroskopik tuzilishlari va funksiyalari bilan tanishamiz. Hujayra markazi - sentrosoma.
Bu organoid hamma ko’p hujayrali hayvonlarni hujayralarida, sodda hayvonlarda va ba’zi o’simliklarda topilgan. U 1888 yilda Boveri tomonidan yumalok chuvalchanglarni tuxumlarini yetilish protsessida ochilgan.
Hujayra markazi tarkibiga 1-2 ta yoki ko’proq sentriola deb ataluvchi donachalar kiradi. Ular bevosita sitoplazmada yoki sentrosfera deb ataluvchi sitoplazmani sferik kavatining markazida joylashadi. Hujayra markazini bunday tuzilishi bo’linmayotgan hujayralarda bo’ladi.
Hujayra bo’linayotganida u murakkablashadi. Bunda sentrosomani atrofida shu’lali zona – astrosfera hosil bo’ladi.
Sentriolalar mayda tanachalar bo’lib, ularni elektron mikroskop yordamida o’rganish mumkin bo’ladi. Har bir sentriola 0,3-0,6 mk uzunlikdagi silindir shaklida bo’lib, uning diametri 0,1-0,15 mk dir. Silindirning devori 9 ta gruppa naychalardan iborat bo’lib, ularning har biri uz navbatida 2-3 tadan naycha to’tadi. Хamma hujayralarning sentriolalarida naychalarni soni doimiy. Sentriolalar juft bo’lib, bir-biriga perpendikulyar joylashadi.
Sentrosomalar hujayralarda geometrik markazni egallaydi, ammo bo’linayotganda periferiyaga surilishi mumkin. Ko’pchilik sodda hayvonlarda va ba’zi ko’p hujayralilarning hujayralarida sentrosoma sitoplazmada emas, balki yadro po’stining ostida joylashadi.
Hujayra markazi hujayralarning bo’linishida muhim rol o’ynaydi. Mitozni qutblari vereteno – duk va xromosomalarni joylanishini belgilovchi sentriolalar tarqalgandan keyin urnatiladi.
Hozirgi vaqtda sentriolalarni ko’rtaklanish yo’li bilan reproduksiya bo’lishi ya’ni yangidan hosil bo’lishi sodda hayvonlarda aniqlangan. 1961 yilda D.Meziya umurtkalilarning hujayralarida ham sentriolalarning shu yo’l bilan hosil bo’lishini aniqladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling