Blackcurse
ХUJAYRANING ХIMIYAVIY ТARKIBI
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
ХUJAYRANING ХIMIYAVIY ТARKIBI.
Sodda hayvonlar, o’simlik va hayvon hujayralari o’xshash moddalarni uz tarkibida to’tadi. Bu ularni kelib chiqishini umumiy ekanligini ko’rsatadi.
Hujayraning tarkibida 60 ga yakin ximiyaviy element borligi aniqlangan. Hujayrada faqat tirik tabiat uchun xos deb hisoblanishi mumkin bo’lgan element topilgan emas. 25
Hujayraning tarkibida ximiyaviy birikmalardan suv-75-85% ni, oqsillar-10-20% ni, yoglar-1-5%ni, karbonsuvlar-0,2-2,0% ni, nuklein kislotalari-1-2%ni, past molekulali organiq moddalar –0,1-0,5% ni va anorganiq moddalar-1,0-1,5% ni tashkil qiladi.
Hujayra tarkibidagi suv yo’qotilsa, u kam aktiv bo’lib qoladi va barcha hayotiy belgilarni yukotishi va anabioz holatiga tushishi mumkin.
Hujayradagi barcha reaksiyalar faqat suv ishtirokida bo’ladi. Masalan, oqsillarni, yoglarni va karbonsuvlarni parchalanishi suv bilan bo’ladi. Bunday reaksiyalar gidroliz deyiladi.
Hujayradan suvni chiqarib yuborilganda mikdor va ahamiyat jihatidan birinchi urinni oqsillar egallaydi. Oqsil hujayrani quruq holdagi og’irligini 50-80% ni tashkil etadi.
Oqsillarni yana proteinlar deb ham ataladi (protos-birinchi, asosiy). Bu uning hayotdagi birinchi darajali ahamiyatini ifodalaydi.
Oqsillarni molekulyar og’irliklari juda ham kattadir. Тuxumni oqsili albuminn molekulyar og’irligi 36000 ga, muskulni oqsili aktomiozinniki esa 1,5 mln ga teng.
Oqsil molekulalarini tuzilishida minglab atomlar ishtirok etadi. Shuning uchun ularni makromolekulali moddalar deyiladi. Oqsillar polimerlar hisoblanib, ularni hosil qilishda odatdagidek, bir xil monomerlar ishtirok etmaydi, balki 20 xildan ortiq aminokislotalar ishtirok etadi. Ularni tarkibida aminogruppa - NH 2 va karboksil gruppa - COOH bo’lganligi uchun aminokislotalar deb ataladi. Monomerlar bir-birlari bilan peptid bog NH-CO- hosil qilib birlashadilar. Хosil bo’lgan birikma pepitid deb ataladi. Shu yo’l bilan bir necha aminokislota birikadi. Shuning uchun har o’anday oqsil polipeptiddir.
Har xil tashqi faktorlar ta’siri ostida oqsil molekulasini tuzilishi va uning o’zgarishi denaturatsiya deyiladi.
Hujayraning hayotida oqsillarni roli juda katta va xilma xildir. Hujayrada bo’ladigan reaksiyalar hujayra katalizatorlari yordamida boradi. Bunday biologik katalizatorlar oqsillar, fermentlar yoki enzimlar deb ataladi.
Bundan tashqari oqsillar signal funksiyasiga ega. hujayrani har xil ichki va tashqi muxitni o’zgarishiga javobi hujayraichi reaksiyalari yordamida bo’ladi.
Hujayrani hamma harakat reaksiyalari maxsus qisqaruvchi oqsillar yordamida bo’ladi. Yukori hayvonlarni muskullarida, sodda hayvonlarni xivchinlarida va boshqa har qanday qisqaruvchi qismlarda oqsillar bo’ladi. Ular adenozintrifosfat kislotasi (AТF) bilan ta’sirlashib uni yemiradi, o’zlari esa qisqaradilar. Shunday qilib, oqsillar qisqarish funksiyasiga egadirlar.
Ma’lumki, kislorod gemoglobin (qonni oqsili) bilan birikadi va tanani barcha qismlariga tarqaladi. Oqsilni bu funksiyasi transport funksiyadir.
Agar organizmga chetdan yot tanachalar – moddalar tushib kolsa, organizmga maxsus antitela deb ataluvchi oqsillar ishlab chio’ariladi, u yot tanachani birlashtirib olib uni zararsiz holga keltiradi. Bu oqsillarni ximoya vazifani bajarishini ko’rsatadi.
Nihoyat oqsillar hujayrani va uning struktura elementlarini kurilish materiali hamdir. Bundan tashqari hujayraning tarkibida uning aktivligini ta’minlovchi energiyani manbai bo’lgan karbonsuvlar, yoglar va yogsimon moddalar ham bo’ladi. Ma’lumki, hujayralarning harakati, sekretsiya, biosintetik protsesslar va boshqalar energiya sarf bo’lishi bilan bo’ladi. Bu energiyani hujayra karbonsuvlarni parchalanishi va
|
ma'muriyatiga murojaat qiling