24
4. Adabiyotlar .
5. Тayanch iboralar.
Хamma organizmlarning hujayralari hayot faoliyatining barcha tomonlarini o’zida
namoyon qiluvchi yagona tuzilish planiga ega.
Har bir hujayra bir-biri bilan mustaxkam bog’lik bo’lgan ikki qismdan, sitoplazma
va yadrodan iborat. Bularning har ikkalasi ham murakkab va muayyan tuzilishga egaligi
bilan harakterlanadi. Ularni tarkibiga ma’lum funksiyani bajaruvchi har xil birliklar kiradi.
Fransuz
biologi
Feliks
Dyujarden
1835
yilda
sodda
organizmlarning
protoplazmasiga e’tibor berib, uni “sarkoda” deb atadi. Chex anatomi va gistologi Yan
Purkine 1840 yilda tuxum va hayvonlar embrioni hujayralaridagi tirik moddani (yadrodan
tashqari) atash uchun “protoplazma” terminini biologiyaga kiritdi.
V.Vul (V. Vohl , 1844) hujayrani hujayra qobig’idan tashqari barcha qismlarini
protoplazma deb hisobladi.
Strasburger protoplazmani nukleoplazmaga (yadro plazmasi) va sitoplazmaga bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |