Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
26 oksidlanishidan oladi. Bundan tashqari, karbonsuvlar hujayralarni kurilishida ishtirok etadi. Masalan, o’simlik hujayralarini devorlari kletchatkani karbonsuvidan tuzilgan. O’simlik hujayralarini quruq og’irligini 90% ni, hayvon hujayralarini esa 1% ni karbonsuvlar tashkil etadi.
Karbonsuvli eritmalar hayvon hujayralarida glikogen shaklida bo’ladi. Bu modda suvda yaxshi eriydi va diffuziya yordamida oson tarqalib ketadi. Odatda, fiksatorlar uni har xil kattalikdagi zich bo’lakchalar shaklida cho’kmaga tushiradi. Glikogen jigar hujayralarida oson topiladi, bu yerda ayniksa ovqatlangandan so’ng ko’p bo’ladi. Jigar hujayralarining diffuziyali glikogeni elektron mikroskopda ko’rinadigan zarrachalardan tuzilgan. Elektron mikroskopik tekshirishlar ularning hosil bo’lishi, endoplazmatik tur bilan bog’likligini ko’rsatdi; glikogen mikdori sun’iy ozaytirilganda endoplazmatik tur ko’payadi, oshirilganda esa, aksincha kamayadi. Glikogennning sintezida ishtirok etuvchi fermentlar shu turning membranalari bilan bog’lik deb taxmin qilinmoqda. Glikogen muskul tolalarida juda ko’p mikdorda bo’ladi, bu yerda u muskul tolalari bajaradigan ishlar uchun asosiy energiya manbai bo’lib hisoblanadi. Muskullardagi glikogen mikdori oziklanish, ish qilish va boshqalarga bog’lik holda anchagina o’zgarib turadi. Glikogen nerv hujayralarida ham topildi, ularda uning bo’lishi mumkinligi yaqingacha tan olinmas edi.
hujayralarni 5-15% ni, yog to’kimalari hujayralarini esa 90%gacha qismini yoglar tashkil etadi.
Hujayrada yana yog’simon moddalar- lipoidlar va ularning oqsillar bilan birikmalari lipoproteinlar bo’ladi. Ular ham karbonsuvlar va yoglar kabi energetik funksiyaga ega. Ba’zan ular ximoya funksiyasini ham namoyon qiladi.
Ba’zi kasalliklarda yogning ajralishida sitoplazma va umuman hujayraning hamma qismi buziladi, bu uning tabiiy bo’lmagan holatidan darak beradi va yogli buzilish deb ataladi. Odatda esa, sitoplazmada yogning tuplanishi hujayraning nobud bo’lishiga olib kelmaydi. Uni sarflab bulgach hujayra dastlabki holatiga qaytadi.
Ekskretlar- almashinuv mahsulotlari bo’lib, hayotiy protsesslarda ishtirok etmaydi va zararli moddalar sifatida organizmdan chiqarib yuboriladi.
Sekretlar – bezli hujayralar faoliyatining mahsulotlaridir. Ekskretlarga karama-qarshi ularoq bular orgagnizm uchun zarur bo’lgan moddalardir. Ular hujayrada tuplanib keyinchalik esa undan chiqarilib yuboriladi. Hujayra mahsulotlarining bu kategoriyasiga fermentlar ham kiritiladi.
Pigmentli kiritmalar deb hujayrada tuplanib unga rang beruvchi bo’yalgan moddalarga aytiladi. Pigmentlarning ko’p xili bor. Melanin deb ataluvchi koramtir-jigarrang yoki kora pigmentlar juda katta ahamiyatga ega. Ular, asosan, epitelial va ba’zi bir biriktiruvchi to’kima hujayralarida bo’ladi. Melaninlar ximiyaviy jihatdan goyat chidamli granulalar shaklida bo’ladi, ular epiteliyda tuplanib, teri va sochlarga koramtir rang beradi.
Pigmentlarga oqsil- globindan va bo’yalgan modda gemdan tashkil topgan konning bo’yaluvchi moddasi- gemoglobin ham kiradi. Gemoglobin temir saqlaganligi tufayli kislorod bilan osongina mustaxkam bo’lmagan birikma hosil qiladi va organizmda kislorodni tashib yuruvchi modda hisoblanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling