Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
ULТRATSENТRIFUGALLASH.
Ultratsentfugani yaratilishi bilan sitologiyada yangi kuzatishlarga imkoniyatlar yaratildi. Bu asbob minutiga 100000 martaga yakin aylanishida hujayraning juda mayda alohida qismlari - yadrosi, pardasi, qobig’i, mitoxondriya, ribosoma va boshqa komponentlarni ajratib olish, hamda ularning strukturasi va funksiyasini tekshirishga imkon beradi.
Ajratish va tekshirishning mazkur barcha yo’llari yuqori kuchlanishli maydon hosil qilish yo’li bilan vujudga kelitiriladigan og’irlik kuchini tezlanishiga asoslanadi. Zichligi kam bo’lgan, erimay suyuqlikda kalkib yurgan zarrachalar og’irlik kuchi ta’sirida cho’ka boshlaydi. Odatda zarracha qancha kichik bo’lsa, u shuncha sekin cho’kadi. Shuning uchun chukishini tezlashtirmasdan turib ularni ajratish uchun juda ko’p vaqt kerak bo’ladi.
Cho’kish jarayonini tezlashtirish maqsadida yerning tortish kuchi ultratsentrifugada paydo bo’ladigan markazdan qochirma kuch bilan almashtiriladi. Eng mukammal ultratsentrifugani Shved olimi Svedberg yasadi va birinchi bo’lib foydalandi. Hujayrani tarkibiy qismlarga ajratishning hozirgi zamon usullari to’qimalarni gomogenizatsiyalash yoki hujayra chegarlarini turli-tuman mexaniq yoxud kimyoviy vositalar yordamida bo’zish yo’li bilan ularning zichligi va sirtining katta kichikligiga muvofiq ravishda bo’laklarga ajratishdan iborat. Hujayradan quyi darajada tashkil topgan fraksiyalarni ajratib olish uchun muayyan vaqt davomida turli aylanish tezligida sentrifugallashdan foydalaniladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling