SIТOХIMIYAVIY MEТOD.
Sitoximik reaksiyalar yuqori darajali o’ziga hoslikka ega. Eng tipik hollarda
hujayrada bo’lgan ma’lum moddalar bilan tashqaridan kiritilgan moddalar o’rtasidagi
reaksiya natijasida bo’yalgan mahsulot hosil bo’ladi va mikroskoplarda ko’rinadi.
Bu
metod
bilan
hujayraning
tarkibidagi
oqsillar,
ularning
tarkibidagi
aminokislotalardan tirozin, trip tofan, gistidin, arginin va boshqalar aniqlanadi. Shu asosda
hujayrani kimyoviy tuzilishi o’rganiladi.
Nuklein kislotalaridan DNK Felgin reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Kuchsiz gidroliz
qilinganda DNK ni purinli asosi ajraladi va DNK da aldegid gruppasi bushab qoladi (>
Cq0). Bu aldegid gruppasi Shiff reaksiyasi orqali aniqlanadi. U rangsiz fuksinli oltingugurt
kislotasi bilan birikib kizgish binafsha rangni hosil qiladi.
Ribonuklein kislotasi asosli bo’yoqlardan tionin, azur II, pirorinlar bilan bo’yash
orqali aniqlanadi. Sitoximiyaviy metod orqali shuningdek polisaxaridlar, lipidlar,
fermentlar, neorganiq moddalar ham aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |