Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sitoplazmatik membrananing funksiyasi.
20
Sitoplazmatik membranani hujayralarning bo’lini-shida va boshqa protsesslarda hosil bo’lishi xaqida quyidagicha tasavvurlar bor: elementar membrana sitoplazmada, qandaydir organoidlarda yoki yadroda odatda yangidan hosil bo’lmaydi; har bir yangi mebrana hujayrada avvaldan mavjud bo’lgan membrana asosida yoki matritsa bo’lib xizmat qiladigan membranani qoldigidan kelib chiqadi.
Тashki sitoplazmatik membrana juda ko’p muhim biologik funksiyalarni bajaradi. Ulardan biri shuki, membrana hujayra bilan tashqi muxit o’rtasidagi doimiy modda almashinuvini tartibga solib turadi. Bu uning o’tkazuvchanlik xususiyatiga asoslangan. hozirgi vaqtda memebranada juda mayda teshikchalarni-poralarni mavjudligi aniqlangan ( d-8A) Ular orqali ma’lum kattaliklardagi ion va molekulalar o’tadi.
Тasho’i membrana fermentativ aktivdir. Unda fosfataza gruppasiga kiruvchi fermentlar ( ishkoriy fosfataza, AТF-aza) va moddalarni parchalab hujayraga kiraoladigan holga keltiradigan boshqa bir necha fermentlar topilgan. Sitoplazmatik membrana hujayraning ovqatlanishida faol katnashadi. Bunda hujayra membranasini harakatchanligi, uning turli ko’rinishdagi har-xil o’simtalar hosil qilishi namoyon bo’ladi. Bu o’simtalar yordamida ovqatlik va boshqa qattiq donachalarni shuningdek, suyuqlikni mayda tomchilarini ushlaydi. Тashki membrana hujayrani ichidagi narsalarni tashqi muxitdan ajratish bilan ximoya yoki mexaniq rolni o’ynaydi. Membrananing eng muhim va o’ziga xos xususiyatlaridan biri qisman shikastlanganda oson va juda tez qayta tiklanishidir. Juda ko’pchilak hujayralarning yuzasida ularning funksional faoliyati bilan bog’lik bo’lgan har- xil strukturalar hosil bo’ladi. Masalan, ichak epiteliysi yuzasida juda ko’p bir-biriga yakin joylashgan o’simtalar mikro-vorsinkalar bor (lq0,5-3mkm, dq500-1000 A) 2 ta mikrovorsinka oralig’idagi masofa 200 mkm dan ortmadi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling