18
MIKROХIRURGIYA.
Mikrooperatsiyalar
alohida
hujayralarda
yoki
to’qimalarda
maxsus
mikromanepulyator deb ataluvchi asbob ishlab chiqilgach o’tkazila boshlandi.
Bu operatsiyalar uchun kuchli kattalashtiraoladigan mikroskoplar, mahsus mikro
asboblar kerak. Mikroxirurgiya (mikrurgiya) metodi to’qimalarni hujayralarini ajratishda, bir
hujayrali hayvonlarni bir kulturadan (muxitdan) boshqa muxitga ko’chirishda qo’llaniladi.
Ohirgi vaqtda bir hujayradan yadroni, yadrochani yoki boshqa organoidlarni olib, boshqa
hujayragi qo’yish operatsiyalari bajarilmoqda. Buning uchun sodda hayvonlarning yirik
hujayralari, ba’zi ko’p hujayrali hayvonlarning yirik hujayralari (amfibiylarni) ishlatiladi. Bir
amyobani (chuchuk suv amyobasi) yoki infuzoriyani (stentor) yadrosini boshqa indtvidga
ko’chirish shu metod bilan amalga oshirilmoqda.
Bu operatsiyalar yadroni va sitoplazmani hujayra hayotidagi rolini o’rganishga ularni
irsiy belgilarini tashishdagi rolini bilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |