Blackcurse
-MA’RUZA. SITOPLAZMATIK MEMBRANA
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
3-MA’RUZA. SITOPLAZMATIK MEMBRANA. R e j a
1. Тashqi sitoplazmatik membrana. 1.1 Membrananing tuzilishi.
19 1.2 Sitoplazmatik membrananing funksiyasi. 2. Hujayralarning bir-birlari bilan birlashadigan joydagi maxsus strukturalari. 3. Membranali strukturalarning birlashash harakterlari 4. O’simlik hujayralari qobig’ining o’ziga xos tuzilishi. 5. Fagotsitoz. 6. Pinotsitoz. 7. Adabiyotlar. 8. Тayanch iboralar.
O’tgan asrlardayok yorug’lik mikroskoplari yordamida o’simlik hujayralarini kalin qobig’ini, ko’pchilik sodda hayvonlarning zich pellikulasini ko’rishga erishilgan edi.
Ammo, elektron mikroskopik tekshirishlarni ko’rsatishicha bunday strukturalar tashqi sitoplazmatik membrananing ko’shimcha qismlari ekan holos. Ular juda ko’p hayvon hujayralarida bo’lmaydi, natijada ko’p vaqtgacha ularda qobiqning bor-yo’qligi muammo bo’lib keldi, uni yorug’lik mikroskoplarida ko’rib bo’lmadi.
Elektron mikroskopik tekshirishlar barcha o’simlik va hayvon organizmlarining har qanday hujayralari, bakteriya va sodda hayvonlar juda yupqa sitoplazmatik membrana yoki plazmolemma deb ataluvchi tashqi qobiqka ega ekanligini ko’rsatdi. Bunday qobiqning kalinligi 75 A atrofida bo’ladi va uning yorug’lik mikroskoplarida ko’rinmasligi tabiiydir.
Тashki sitoplazmatik membrana doimo 3 kavatdan tashkil topadi. Тashki va ichki kavatlar bir qator joylashgan oqsil molekulalaridan, o’rta kavat esa, ikki qator joylashgan lipid molekulasidan iborat bo’ladi. Har bir kavatning kalinligi taxminan 25 A dir. Membrananing bunday tuzilishini birinchi bo’lib J. Daniyelli (1934, 1952) aniqlagan. Keyinchalik 3 kavatli membrana, elementar membrana deb ataldi. Bu birinchi marta aksonlarni miyelinli qobig’ini tekshirishda (Shvan hujayralarida) aniqlandi.
Elementar membrana ko’pchilik o’simlik va hayvon hujayralarida, sodda hayvonlarda va bakteriyalarda ham topildi. Shuning uchun elementar membrana hamma organizmlar hujayralari uchun xos bo’lgan biologik strukturadir.
Ammo, N.. Sharon (1970) bakterial hujayraning zich-mustaxkam qobig’ini aminokislota va kandlarni qoldigidan iborat bitta gigantik molekuladan tashkil topgan deb faraz qiladi. Ana shu qobiq juda yupqa plazmolemmani koplab olib, uni ximoya qiladi.
Ba’zi hujayralarda elementar membrana yagona qobiq shaklida bo’ladi. Masalan, konning shaklli elementlarini, jigar, oshkozon osti bezi, buyrak, ichak epiteliysi, teri, muskul hujayralarini, amyobani va boshqalarni qobiqlarini keltirish mumkin.
Lekin ko’pchilik hujayralarda tashqi qobiq bir necha elementar membranadan tashkil topgan bo’lib, murakkabroq tuzilishga ega. Bunga aksonning miyelinli kobogini misol qilish mumkin. Elektron mikroskopik tekshirishlarni ko’rsatishicha u bir-biriga juda zich joylashgan elementar membranalar naboridan iborat ekan.
Sodda hayvonlarning qobig’i-pellikula ham bir-biridan unchalik uzok bo’lmagan oraliqda joylashgan bir necha elementar membranadan tashkil topgan bo’ladi.
Keyinngi yillarda olib borilgan elektron mikroskopik tekshirishlar hujayra organoidlaridan endoplazmatik tur, mitoxondriy, lizosomalarning ham tashqi sitoplazmatik membranaga egaligini ko’rsatdi. Bu esa, hujayraning membranali strukturalarining tuzilishini birligidan dalolat beradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling