Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
Pinotsitoz
Sodda hayvonlar va ko’p hujayrali organizmlar faqat qattiq zarrachalarni ushlashgagina emas, balki tashqi muxitdagi suyuqlik tomchilarini yutish xususiyatiga ham egadirlar. Buni birinchi bo’lib Lyuis 1831 yilda makrofag va fibroblastlarni o’sishini o’rganayotib kuzatgan edi.
Suyuklik tomchilarini ushlash va yutish protsessi ichishni eslatadi, hujayralar atrofdagi suyuqliklarni xuddi ichadi. Shuning uchun Lyuis bu xodisani pinotsitoz (gr-pino- ichaman, kytos-hujayra) deb nomlangan.
Makrofag va fibroblastlarda suyuqlikni yutish sitoplazmani tashqi qismidan dung yoki o’simta hosil bo’lishidan boshlanadi. Bu o’simta psevdopodiilarga o’xshaydi. Ular dastlab mayda tomchilarni ko’raydi, keyin yuqori qismlari bir-biri bilan yopishadi, tomchilar sitoplazma ichida qoladi.
Amyobalarda sal boshqacharoq bo’lishi mumkin. Dastlab sitoplazmada konussimon dung hosil bo’ladi. Uni uchida kichkina voronkasimon botik hosil bo’ladi. Keyin u ingichka kanal shaklini oladi. Suyuklik tomchilari kanalni tubidan ichkariga ajralib kiradi. Pinotsitoz tomchilari kattaligi 50 o A dan bir necha mk gacha bo’ladi. Хamma o’simlik va hayvon hujayralarida pinotsitoz kuzatilgan. Pinotsitoz xodisasini elektron miroskop bilan nozik tekshirishlar shuni ko’rsatdiki hujayraga kiruvchi tomchi membranani bir qismi bilan o’rab olinadi. Pinotsitoz tomchi ajralganda membrana chetlari birlashib ketadi. Shunday qilib, pinotsitoz tomchisini hosil bo’lishidan tashqari sitoplazmatik membra aktiv katnashadi va har bir pinotsitoz tomchisini devori membranani bir kimsidan hosil bo’ladi. Pinotsitoz yo’li bilan hujayraga har xil moddalar erigan holda, kolloid eritma holida va suspenziya holida kiradi. Bu yo’l bilan hujayraga tashqi membrana orqali kira olmaydigan yirik molekulali moddalardan oqsillar, nuklein kislotalar, nukleoproteidlar kiradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling