Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
22 tashlaydi. Bundan tashqari fagotsitoz parchalanayotgan (degeneratsiyaga uchrayotgan) to’qimalardagi ulgan hujayralarni yo’qotishda ham katta ahamiyatga ega. Masalan: amfibiylarni metamorfozida itbalikni dumini yo’qolishi protsessi fagotsitoz yo’li bilan boradi.
Sut emizuvchilarda fagotsitoz vazifasiga oq qon tanachalari va makrofaglarga kiruvchi biriktiruvchi to’qima gistiotsitlari, suyak miyasining retikulyar hujayralari va shuningdek, jigarni va gipofizni endoteliya hujayralari ega. Shuning uchun bu hujayralarni fagotsitoz faoliyati organizmni unga tushgan yot tanachalardan va zararli mikroor- ganizmlardan saqlashda katta ahamiyatga ega.
Leykotsit va makrofaglarni faoliyati tufayli organizm ko’pchilik kasalliklarga beriluvchi bo’lmaydi. Bu asosda I.I. Mechnikov immunitetni fagotsitar nazariyasini yaratdi.
Hujayralar nisbatan katta tanachalardan tashqari ancha mayda bo’lgan kolloid tabiatli tanachalarni ham ushlashi va xazm qilishi mumkin. Bunday mayda tanachalarni fagotsitozini elektron mikroskop tekshirishlarida aniqlanadi va ultrafagotsitoz deb ataladi. Bunga misol qilib makrofaglarni tirik holda bo’yovchi bo’yoq moddalarini ushlashi va sitoplazmada tuplashini olish mumkin.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling