Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

20 

 

Sitoplazmatik  membranani  hujayralarning  bo’lini-shida  va  boshqa  protsesslarda 



hosil  bo’lishi  xaqida  quyidagicha  tasavvurlar  bor:  elementar  membrana  sitoplazmada, 

qandaydir  organoidlarda  yoki  yadroda  odatda  yangidan  hosil  bo’lmaydi;  har  bir  yangi 

mebrana  hujayrada  avvaldan  mavjud  bo’lgan  membrana  asosida  yoki  matritsa  bo’lib 

xizmat qiladigan membranani qoldigidan kelib chiqadi.  

 

  Sitoplazmatik membrananing funksiyasi. 

 

Тashki  sitoplazmatik  membrana  juda  ko’p  muhim  biologik  funksiyalarni  bajaradi. 



Ulardan  biri  shuki,  membrana  hujayra  bilan  tashqi  muxit  o’rtasidagi  doimiy  modda 

almashinuvini  tartibga  solib  turadi.  Bu  uning  o’tkazuvchanlik  xususiyatiga  asoslangan. 

hozirgi  vaqtda  memebranada  juda  mayda  teshikchalarni-poralarni  mavjudligi  aniqlangan  ( 

d-8A) Ular orqali ma’lum kattaliklardagi ion va molekulalar o’tadi. 

 

Тasho’i  membrana  fermentativ  aktivdir.  Unda  fosfataza  gruppasiga  kiruvchi 



fermentlar  (  ishkoriy  fosfataza, AТF-aza) va moddalarni parchalab hujayraga kiraoladigan 

holga  keltiradigan  boshqa  bir  necha  fermentlar  topilgan.  Sitoplazmatik  membrana 

hujayraning  ovqatlanishida  faol  katnashadi.  Bunda  hujayra  membranasini  harakatchanligi, 

uning  turli  ko’rinishdagi  har-xil  o’simtalar  hosil  qilishi  namoyon  bo’ladi.  Bu  o’simtalar 

yordamida  ovqatlik  va  boshqa  qattiq  donachalarni  shuningdek,  suyuqlikni  mayda 

tomchilarini  ushlaydi.  Тashki  membrana  hujayrani  ichidagi  narsalarni  tashqi  muxitdan 

ajratish  bilan  ximoya  yoki  mexaniq  rolni  o’ynaydi.  Membrananing  eng  muhim  va  o’ziga 

xos xususiyatlaridan biri qisman shikastlanganda oson va juda tez qayta tiklanishidir. Juda 

ko’pchilak  hujayralarning  yuzasida  ularning  funksional  faoliyati  bilan bog’lik bo’lgan har-

xil  strukturalar  hosil  bo’ladi.  Masalan,  ichak  epiteliysi yuzasida juda ko’p bir-biriga yakin 

joylashgan  o’simtalar  mikro-vorsinkalar  bor  (lq0,5-3mkm,  dq500-1000  A)  2  ta 

mikrovorsinka oralig’idagi masofa 200 mkm dan ortmadi. 

 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling