Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 


 

30 

RIBOSOMALAR 

  

Ribrosomalar 1880 yilda Ganstayn tomonidan ochildi va dastlab mikrosomalar deb 



ataldi. Uning nozik tuzilishlari faqat elektron mikroskop orqaligina  aniqlandi.  

  

Ribosomalar  dumalok  shaklli  bo’lib,  diametri  150-350A  keladi.  Ichak tayokchasini 



elektron  mikroskopik  tekshirishlar  bu  bakteriya  ribosomasini  har  xil  kattalikdagi  2 

subbirlikdan iborat ekanini ko’rsatdi. Katta subbirlikni, kichik subbirlak bilan birikkan joyi 

kabarik  yuzaga  ega,  ikkinchisini  esa  shu  joyi  biroz  botik  bo’ladi.  Katta  sub-birlikni 

kundalang  kesigi  150-180  A  bo’lib,  uchburchak,  trapetsiya  yoki  ko’pburchak  shakllidar. 

Har ikkala sub-birlik yadrocha hosil bo’ladi, ammo ularning birikib, ribosoma hosil qilishi 

sitoplazmada amalga oshadi. 

  

Avval  aytilganidek,  juda  ko’p  ribosomalar  granulyar  endoplazmatik  tur 



membranalariga  joylashgan  bo’ladi.  Bundan  tashqari  ancha  ko’p  mikdor  ribosomalar 

sitoplazmani asosiy moddasi ichida erkin holda joylashgan. Ular xech qanday membranali 

strukturalar bilan bog’lik emas.  

  

Ribosomalar  yadroda  ham  topilgan.  Ulardan  bir  qismi  karioplazmada  erkin 



joylashsa, qolganlari esa ipsimon strukturalar bilan bog’lik bo’ladi.  

  

Hozirgi  vaqtda  ribosomalar  mitoxondriyalarda  va  o’simlik  hujayralarining 



plastidalarida  ham  topilgan.  Ribosomalar  ribonukleuproteidlarning  bo’lakchalari  bo’lib, 

ular deyarli bir xil mikdordagi oqsil va RNK dan iborat. Har bir ribosomaning molekulyar 

og’irligi  3  mln.  atrofida  bo’lib,  uning  60% i ribosomal RNKga, 40% i esa oqsilga to’g’ri 

keladi.  Bitta  ribosomada  2,3  ta  RNK  joylashadi.  Ribosomalar  har  bir  hujayraning  albatta 

bo’ladigan organoididir.  

  

Oqsil  sintezini  amalga  oshirishda  hamma  ribosomalar  ham  aktiv  rol  o’ynamaydi. 



Oqsil  sintezi  ko’proq  endoplazmatik  tur  membranalarida  joylashgan  ribosomalar 

ishtirokida  bo’ladi.  Yadrodagi  ribosomalarda yadro oqsillari sintez bo’ladi. Mitoxondriya 

va  plastidlardagi  ribosomalar  esa  o’sha  organoidlarning  oqsillarini  sintez  qilishda ishtirok 

etadi. 


  

Oxirgi  tekshirishlarni  ko’rsatishicha  5-70  ribosomadan  iborat  ribosoma  kompleksi 

bir bo’lib, sintezda ishtirok etar ekan. Buni poliribosoma deyiladi. Bunda ribosomalar bir-

birlari bilan ingichka iplar bilan bog’langan, ular I-RNK molekulasidan iborat. Ribosomalar 

hujayraning kayerida hosil bo’lishi xaqidagi masala hozirgacha aniq yechilgan emas, ammo 

ribosomalarning  1)  yadrochada  hosil  bo’lishi,  so’ng  ularni  yadroga  o’tishi,  undan  esa 

sitoplazmaga  o’tishi  ancha  ishonarli  dalillar  bilan  isbotlandi.  2)  ribonukleoproteid, 

aminokislota va fermentlardan sitoplazmada hosil bo’lishi mumkin. 




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling