Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

Yadrocha. 

 

Yadrocha  tipik  interfaza  yadrosining  doimiy  qismi  bo’lib,  membranaga  ega 



bo’lmagan  birdan  bir  strukturadir.  Uning  kattaligi  har  xil  bo’lib,  u  hujayraning funksional 


 

39 

holatiga  bog’lik.  Yirik  yadrochalar  odatda  embrional  hujayralarda  yoki  oqsilni  aktiv 

sintezlayotgan  hujayralarda,  sut  emizuvchilarni  ootsitlarida,  nerv  hujayralarida  va  ba’zi 

bezlar  hujayralarida  uchraydi.  Yadrochalar  aktiv  maydalanayotgan  tuxum  hujayralarda 

bo’lmaydi.  Ba’zan  hujayralar  bir  qancha  yadrochaga  ega  bo’ladi,  ularni  ko’pchiligi 

amfibiyalarni sotsitlarini intensiv o’sish davrida hosil bo’ladi. 

 

Yadrocha  fizik  xususiyatlariga    ko’ra  yadroning  zichlanganroq  qismi  hisoblanadi. 



Yadrochaning  ximiyaviy  tarkibi  RNK  konsentratsiyasi  biroz  yuqoriligi  bilan ajralib turadi. 

Yadrochani asosiy komponentlari kislotali oqsillar (fosfoproteinlar) va RNK dir. Bulardan 

tashqari  yadrochada  bog’langan  yoki  erkin  holdagi  kalsiy,  kaliy,  magniy,  temir  va  rux 

fosfatlari  uchraydi.  Yadrochada  DNKni  mavjudligi  aniqlanmagan.  Yadrochalarning 

funksiyasi  sito-plazmani  ta’minlovchi  ribosomalarni  hosil  qilish  yoki  yigishdir.  Buni 

quyidagi  misolda  ko’rish  mumkin.  Ba’zi  bakalar  ustida  o’tkazilgan  eksperimentlarda  

(xeporis)  gomozigota  holidagi  tuxumda  yadrocha  bo’lmagan.Bunda  otalangan  tuxum 

blastula  stadiyasigacha  rivojlangan.  Blastomerlarni  yadrolarida  ribosomalar  hosil 

bo’lmaydi,    murtak  o’ladi,    blastula  stadiyasigacha  taraqqiy  etishi  ovogonez  vao’tidagi 

hosil bo’lgan ribosomalar hisobiga bo’ladi. 

Binobarin,  ribosomalar  yadrochalarda  shakllanadi,  lekin  ribosomalarning  hosil 

qiluvchi  RNK  va  oqsillar  xromosomalar  bilan  aniqlanadi.  Hozirgi  vaqtda  yadrochada 

yigiladigan  RNK  ni  DNK  qismidan hosil bo’lishi aniqlangan. Yadrochaning oqsili kandan 

hosil  bo’lishi  hozirgacha  aniq  emas.  Kurinishicha  u  yadrochani  o’zida  hosil  bo’lib  RNK 

bilan  birlashib,  ribosomani  hosil  qiladi.    Yadrocha  doimiy  struktura  emas:  u  mitozni 

boshlanishiga  yukolib  ketib,  telofazaning  oxirida  yana  hosil  bo’ladi.  Yadrochaning  RNK 

va  oqsili    yoki  yadrochaning  tashkilotchisi  oblastiga  tarqaladi  yoki  RNK  yangidan 

sintezlanadi, so’ng RNK va oqsil yadrocha tashkilotchisi oblastida tuplanadi.  

Ba’zi  ma’lumotlarga  ko’ra  yadrochalar  yadro  membranasi  orqali  sitoplazmaga 

chiqar ekan. Yadrochalar bir biri  bilan qo’shilib ketishi yoki ko’rtaklanishi mumkin. 




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling