Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
40 yetilib borib gemoglobin tuplaydilar, keyin yadrosini tashlab yuborib, 120 kun davomida yashaydilar va ish bajaradilar. Ular ko’paya olmaydilar. Yadrosi olib tashlangan retikulotsit deb ataluvchi hujayralar ham oqsil sintezini davom ettiradi, ammo RNK sintezlay olmaydilar. Yadroni olib tashlash sitoplazmaga yadroning xromosomasida joylashgan DNK molekulasida sintezlanadigan yangi RNK larni kelishini to’xtatadi. Ammo, bu sitoplazmada avvaldan mavjud bo’lgan informatsion RNK ni oqsilni sintez qilishini davom ettirishiga halakit bermaydi. RNK yemirilgandan so’ng oqsil sintezi tuxtaydi, ammo eritrotsit uzok vaqt yashaydi va unchalik ko’p oqsil sarf bo’lmaydigan funksiyasini bajaradi. Yadrosini olib tashlangan dengiz kiprisi tuxumi ovogonez vaqtida tuplangan RNK hisobiga yashashni davom ettiradi va bo’linishi ham mumkin. Yadro RNK sintezini murakkab koordinatsiyasi va regulyatsiyasini amalga oshiradi. Хamma uch xil RNK DNK dan hosil bo’ladi. Тurli metodlar bilan (radiografiya) aniqlanishicha RNK sintezi yadroda-xromatin va yadrochada boshlanadi va sintezlanib bo’lgan RNK esa sitoplazmaga o’tadi. Shunday qilib, yadro sitoplazmada bo’ladigan oqsilni sintezini dasturini tuzadi. Ammo yadro o’zi ham sitoplazmaning ta’siriga uchraydi, yadroni normal ishlashi uchun zarur bo’lgan, sitoplazmada sintezlangan fermentlar yadrochaga o’tadi. Masalan, sitoplazmada DNK - polimeraza fermenti sintezlanadi, usiz DNK molekulasi avtoreproduksiyasi bo’lmaydi. Shuning uchun, yadro va sitoplazmaning o’zaro ta’siri to’g’risida gapirish lozim. Bunda kiz hujayralarga beriluvchi irsiy informatsiyani o’zida tutuvchi yadro ustunlik rolini o’ynaydi. Olimlar mikroxirurgiya metodi yordamida shoxlangan va dumalok amyobalarning yadrolarini almashtirdilar. Bunda yadroning ta’sirida amyobalarning tanasi shakli o’zgaradi. Agar oddiy amyobani yadrosini olib. shoxlangan amyobaga, shoxlangannikini od diy amyobaga ko’chirilsa u holda usha yadroni ta’sirida oddiy amyoba shoxlangan amyobani shakliga kiradi va aksincha. Demak, yadro irsiy belgilarni tashuvchi mexanizm bo’lib xizmat kilar ekan. Buni tut ipak kurtini chatishtirish ustidagi tajribalar ham tasdiqlaydi. Bunda faqat otalik yoki onalik jinsiy hujayralardan avlodlar olindi. Bunda otalikni sitoplazmasi saqlanadi. Lekin avlodda belgi, masalan, rang yadro tomonidan olib kiriladigan belgiga xos bo’ladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling