Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

43 

DNK  ni  parchalaydigan  ferment  bilan  ishlaganda  elementar  iplarning  markaziy  qismi 

yukolib  ketadi;  binobarin,  u  elementar  ipni  uzunasiga  o’tgan  ikki  zanjirli  DNK 

molekulasidan tuzilgan. 

 

Elementar  iplar  barcha  tekshirilgan  organizmlarining  yadrolari  xromosomalarining 



tarkibida, shuningdek interfaza yadrolarida ham tarqalgan. 

 

Shuning  uchun  hamma  hujayralarda,  hujayraning  hamma  sikllarida  xromosomaning 



tuzilish  birligi-  nukleoproteidning  ipsimon  molekulasi  ekanini  isbot  etilgan  deb  qarash 

kerak. 


 

Har bir elementar ip tarkibiga ikki molekula DNK kiradi va ipni uzunasiga joylashadi. 

Bir necha elementar iplardan iborat tutam xromosomani hosil qiladi, 2-4 xromonema iplari 

esa xromosomani hosil qiladi. Ba’zi olimlarni fikriga qaraganda xromosomada faqat bitta 2 

ipli DNK molekulasi bo’ladi. 

g) Хromosomalarning kimyoviy tarkibi.             

 

Хromosomalarning  asosiy  komponentlar  DNK  va  asosli  oqsillar  (proteinlar  va 



gistonlar)  dir  DNK  ning  asosli  oqsil  bilan  kompleksi-dezoksiribonukleoprtein  hamma 

xromosomalarning  90%    massasini  tashkil  etadi.  DNK  ning  mikdori  har  bir  tur  uchun 

doimiy,  RNK  va  kislotali  oqsillarning  mikdori  esa  o’zgaruvchan  bo’ladi  va 

xromosomolarning  tashkil  bo’lishida  asosiy  rol  o’ynamaydi.  Mineral  komponentlardan 

kalsiy, magniy ionlari bo’ladi.  

d) Хromosomalar nabori. 

Хromosomalarning  kattaligi,  birlamchi  va  ikkilamchi  kisilma  (peretejka)  larni 

joylanishi,  yo’ldoshni  borligi  va  urarning  shakllarini  doimiyligi  xromosomalarning 

morfologik  induvidualligini  belgilaydi.  Shularga  asoslanib,  naborning  har  qanday  

xromosomasini bilish mumkin. 

Diploid  nabor  shakli  va  kattaligi  jihatidan  bir  xil  xromosomalardan  iborat  bo’ladi. 

Bunday  xromosomalar  gomologik  xromosomalar  deb  atalib  lotin  alifbosini bir xil harflari 

AA yoki boshqa bilan belgilanadi.  Хromosomalar sonining doimiyligi va ularni morfologik 

individualligi,  individga,  turga  ba’zan  avlodga  mansub  bo’lgan  xromosoma  nabori 

tuplamini spetsifikligini ta’minlaydi. 

Хromosoma  kompleksi  o’xshatish  mumkin  bo’lgan  belgilar  yigindisi  kariotip  deb 

ataladi.  Kariotipni  sxematik  belgisi  idiogrammadir.  Kariotiplarni  turli  bo’lishi  individ  yoki 

turlarni irsiyat jihatidan turliligini ko’rsatadi.  

ye) Jinsiy xromosomalar  

Juda  ko’p  ayrim  jinsli  yuqori  hayvonlarning  diploid  naborida  bitta  yoki  ikkita  tok 

xromosomalar bo’ladi. Ular jinsiy xromosomalar deb, qolganlari esa autosomalar deb nom 

olgan.  Erkaklarda  bitta,  urg’ochilarda  ikkita  jinsiy  xromosomalar  bo’lgan  hollar ochilgan. 

Sut  emizuvchilarda,  amfibiyalarda,  va  ko’pchilik  xashoratlarda  yirik  xromosoma  Х  harfi, 

kichigi esa - U bilan belgilanadi. Urgochilar ikkita bir xil Х xromosomalarga ega.  

Gametalarning  hosil  bo’lishida  har  bir  xromosomalar  juftidan  faqat  bittasi  yetilgan 

jinsiy  hujayraga  o’tadi.  Shuning  uchun  ХХ  xromosomali  urg’ochi  individlarda  hamma 

gametalar  bittadan  Х  xromosomaga  ega.  ХU  xromosomali  erkak  individlarda  esa  ikki  xil 

spermatazoidlar  hosil  bo’ladi.  50  %  Х  va  50  %  U  xromosomali  Х  xromosoma  U 

xromosomadan  bir  necha  marta  katta  bo’lganligi  uchun  unda  DNK  ham  shuncha    marta 

ko’p bo’ladi.  





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling