Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
44 Ba’zi hayvonlarda, aksincha, bir xil tarkibli xromosomalar erkaklarda hosil bo’ladi. Bu hollarda jinsiy xromosomalarni W,Z bilan belgilanadi. Bu kapalaklarda, kushlarda uchraydi. 3. Kariotipning o’zgarishi Хujaraylarni normal xromosoma noborinin o’zgarishi xromosomalar va strukturalarini o’zgarishi bilan bog’lik. Хromosomalarning sonini o’zgarishiga poliploidiya va aneuploidiyalar kiradi. Poliploidiyada xromosomalar soni gaploiddagiga nisbatan karrali nisbatda o’zgaradi. Natijada, odatdagi diploid (2n) hujayra urnida triploid (3n), tetraploid (4n), oktoploid (8n) hujayralar hosil bo’ladi. Odamlarda diploid hujayra 46 xromomsomalar, triploidlarda esa 69 xromosoma bo’ladi. Poliplodiya simliklar dunyosida keng tarqalgan. Ko’pchilik turlar xromosomalar sonininig karrali ikkilanish natijasida hosil bo’ladi. Poliploidiyani eksperimental yo’l bilan hosil qilish juda oson. Buning uchun hujayra bo’linmayotganda alkoloid - kolxitsin ta’sir ettiriladi. Bunda mitotik apparat buziladi, ikkilangan xromosomalar qutblarga tortila olmay o’rtada qoladi. Kolxitsinning ta’siri tuxtatilgandan so’ng xromosomalar umumiy yadroni hosil qiladi. Bunday xromosomalar soni 2 marta ko’p bo’ladi. Bunday yo’l bilan olingan poliploidiyalar seleksiyada keng ishlatiladi. Bizda triploid shakarqamish, tetraploid bug’doy keng tarqalgan. Apeuploidiyada xromosomolarning sonini ortishi yoki kamayishi gaploidga nisbatan karrali nisbatda bo’lmaydi. Bunday organizmlar kam hayotiy bo’ladi. Anleuploid hujayralar ko’p hujayrali organizmlarda hujayraning bo’linishini normal bo’lmaganidan doimo hosil bo’lib turadi. Ular tezda o’ladi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling