Blackcurse
Хromosomalar reduplikatsiyasi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
4.
Хromosomalar reduplikatsiyasi
Хromosomalarning ikkilanishi asosida DNK avtosintezi yotadi. Bir vaqtni ichida oqsil sintezi ham bo’lgani uchun, uni xromosomalar reduplikatsiyasi deb aytish mumkin.
Хromosomalar reduplikatsiyasini analizi uchun radiaktiv indiqator nishonlangan vodorod atomi tritiy tutuvchi timidin keng kulllanilmoqda.
Тimidin DNK molekulasida buluvchi maxsus azotli asos timinni utmishdoshidir. Nishonli atom tritiyga ega bo’lgan timidin timinga aylanib yangi sintezlangan DNK tarkibiga birikadi. Radioaktiv belgiga qarab yangi sintezlangan DNK va xromosomaning takdirini kuzatish mumkin. Bunday tekshirishlar avtoradiografiya metodi bilan o’tkaziladi. Radioaktivlik maxsus fotoplyonkalarga ko’chiriladi, preparatlarda esa bir vaqtni ichida belgini ham, xromosomani ham ko’rish mumkin.
Тeylorning birinchi tajribalari (1957) bu xaqda aniq natijalar berdi. Reduplikatsiya o’tgan hamma xromosomalar belgili bo’lib qolgan. Har bir ikkilangan xromosoma ham eski, ham yangi sintezlangan DNK ni o’zida to’tadi. Avval nishonlangan xromosomalar radioaktiv timidinsiz muxitda bo’linganda, ham nishonli ham nishonsiz xromosomalar hosil bo’ladi. Bu tajribalarni ko’rsatishicha har bir xromosoma ikkita subbirlik- poluxromatidalarni o’zida to’tadi.
Ikkala ipni har biri o’zini yonida, keyinchalik xromosomaga aylanadigan yangi ipni hosil qiladi. Har bir xromosoma esa bitta eski poluxromatiddan va bitta yangi sintezlangan |
ma'muriyatiga murojaat qiling