2.MIТOТIK SIKL.
Mitozni moxiyati kiz hujayralarga DNK ni to’g’ri taqsimlanishidar. Shuning uchun
asosiy e’tibor DNK va xromosoma ikkilanishini vaqti va mexanizmiga karatiladi. Govard
va Pelklar (1953) nishonli atomlar yordamida birinchi bo’lib, DNK sintezini interfazani
o’rtasida bo’lishini va olti soat davom etishini aniqladilar. Nishonni timinni DNK
reduplikatsiyasini o’rganishga qo’llash mitotik yoki hujayraning bo’linishi sikllarini aniq
o’rganishga imkon beradi. Somatik hujayralarda DNK ikkilanishi bo’linish boshlanguncha
tugaydi va hujayra mitozga xromosomalar reduplikatsiyasi tugagandan biroz vaqt
o’tgandan keyin kirishadi.
Interfazani uch davrga bo’lish mumkin:
1.- bo’linish tugagandan keyingi – postmitotik davr G1;
2.- DNK sintezi davri – S va
3.– Premitotik yoki postsintetik davr G2. Bu davrdan keyin hujayra mitozga kiradi.
Butun siklni aylana shaklida ifodalab bunda mitozdan mitozgacha bo’lgan davrlarni
yoylarda vaqtga proporsional qilib ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |