Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
48 karar ekan. Hujayra bo’linishi boshlanguncha sentriolalar ikkilangan, ya’ni soni ikki marta ortgan bular ekan. Ajratib olingan mitotik apparatni analiz qilishni ko’rsatishicha, uni 90 protsenti oqsillardan, qisman RNK, polisaharid va lipidlardan iborat ekan. Mitotik apparatning oqsillarini mitoz boshlanguncha ham sitoplazmada bo’ladi. Mitotik apparatning iplari sitoplazmani boshqa qismga nisbatan zichlanganroqdir. Shunday qilib, profaza davrida sitoplazmada ikkilangan sentriolalar qutblarga tarqalar ekan, mitotik apparatni avval sintezlangan oqsillari esa veretenoni hosil kilar ekan. Bu fazada yadro biroz bo’rtadi, xromosomalarning spirallanishi natijasida xromatin iplari yugonroq bo’lib qoladi. Keyinroq spirallanishni davom etish natijasida xromosomalar yugonlashadi va alohida iplar shaklida ko’rinadi. Bu vaqtda xromosomalarni qo’shaloq ekanligi bilinadi. Shu bilan birga yadrocha erib ketadi. Ko’p hollarda yadrochani RNK si yukolib ketmay xromosama bilan bog’lik bo’ladi. Profazaning oxirgi bosqichi yadro qobig’ini yemirilishi bo’ladi. Ultrabinafsha nurlarni ta’siri ostida profazaning boshlanishini orqaga qaytarish, ya’ni interfazaga qaytarish mumkin ekan. Ammo profazaning o’rtasidan qaytarish mumkin emas-baribir hujayra bo’linadi. MEТAFAZA Yadro qobig’i erib ketgandan keyin xromosomalar sitoplazmada tartibsiz holda joylashadi. Metofazada xromosomalar kaltalashadi va ekvatorga kuchib ekvaor plastinkaisni hosil qiladi. Хromosomalarning bu harakati metakinez deb ataladi.
Kalta tortgan xromosomalarda markaziy tortma G’peretyajkaG’ sentromera yoki kinetoxor aniq ko’rinadi. Ko’p kuzatishlarni ko’rsatishicha metakinezda asosiy rolni kinetoxor o’ynaydi. Bu vaqtda mitotik apparat tuligicha tashkil topgan bo’ladi.Ularning iplari orasida kinetoxorlarga birikkan, bir qutbdan ikkinchi qutbga tortilgan iplarni ko’rish mumkin. Elektron mikroskopni ko’rsatishicha vereteno iplari diametri 150-200 A keladigankanallar tutamidan iborat ekan. Ular hamma vaqt kinetoxor bilan bog’lik bo’ladi. Хromosomalar 2 qutbni o’rtasida joylashadi. Kinetoxorlari buzilganda xromosomalar harakat qila olmaydilar. Metofazada xromosomalarning joylanishi veretenoni faoliyatidan kelib chiqadi. Хromosomalar birlamchi tortma rayonida kayrilgan bo’ladi, kinetoxorlar aniq ekvator tekisligiga joylashadi. Agarda metofazada kolxitsin ta’sir ettirilsa, vereteno yemiriladi, xromosomalar qutblarga tarqala olmaydi. hujayra bo’lina olmay, tetraploid bo’lib qoladi. Metofazada xromosomalar yaxshi ko’ringan uchun ularni sanash oson bo’ladi . ANAFAZA. Bu fazada xromosomalar ekvator tekisligidan qutblarga tomon harakat qiladi. Ularni harakati passiv bo’lib 1 minutda 1mk masofani o’tadi. Хromosomalarning harakati vereteno iplarining qisqarishi bilan bog’lik bo’libgina kolmay, bu vaqtda hujayrani o’zi ham cho’zilgan bo’ladi, bu qutblar orasidagi masofani orttiradi va u bilan xromosomalarni tarqalishiga imkon beradi. Shunday qilib, bu fazada kinetoxorlar bilan birikkan kiz xromosomalar ajralishadi va qutblarga harakat qiladi. Shuning uchun avval ikkilangan xromosomalar 2 ga teng taqsimlanadi.
ТELOFAZA. Bu fazada tarqalgan xromosomalar qutblarda g’uj bo’lib tuplanadi va xromosomalar atrofida alohida pufakchalar hosil bo’ladi, ular bir biri bilan qo’shilib, yadroni ichki membranasini hosil qiladi. Тashki yadro membranasi endoplazmatik turni |
ma'muriyatiga murojaat qiling