3.AVТOSINТEТIK VA GEТEROSINТEТIK INТERFAZALAR.
Katta organizmning to’kimalarining hujayralarini har qanday populyatsiyalarida
deyarli doimo ko’payayotgan hujayralari bilan birga bo’linishdan tuxtab differensiallangan
holatga o’tgan hujayralar ham uchraydi. Interfazaning bu ikki holatini avtosintetik va
geterosintetik interfazalar deb nomlanadi. Odatda bo’linayotgan hujayralar qancha ko’p
bo’lsa, geterosintetik hujayralar mikdori shuncha kam bo’ladi. Barcha ko’payayotgan
hujayralar mikdori – proliferativ pul – avtoradiografik metodi orqali aniqlanadi.
Hujayralar sikldan mitotik bo’linishdan keyin yoki mitoz boshlanishdan avval
chiqadilar. Ko’pchilik to’kimalarni geterosintetik interfaza holdagi hujayralari hujayra
sikliga qaytishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |