Hujayraning bo’linishi olib keladigan natija va hosil bo’lgan hujayralarning keyingi takdiriga
qarab mitozni 3 xili farq qilinadi: 1) to’g’ri (stvolovoy), 2) asimmetrik va 3) o’zgartuvchi.
Тugri mitozdan so’ng ikkita bir xil hujayralar hosil bo’ladi va ular keyinchalik bo’linib
50
Asimmetrik mitozda har xil kattalikka ega bo’lgan ikkita hujayra hosil bo’ladi. Ularni
biri normal bo’linish qobiliyatiga ega, ikkinchisi esa yoki faqat bo’linaolmaydi, yoki bir
necha avloddan so’ng bo’linishdan tuxtovchi hujayralar hosil qiladi. Asimmetrik mitozni
har xil kattalikdagi hujayralar hosil qiladigan tuxumning spiral maydalanishida kuzatish
osonroq. Bunda yirik makromerlar va mayda mikromerlar bo’ladi. Bunday mitozni dastlab
differensiyallanuvchi mitoz deb nomlangan.
O’zgartuvchi mitozda hosil bulayotgan ikkala hujayra keyinchalik qaytmas
o’zgarishga uchraydi. Masalan, teri epiteliysida bazal membranadan siljiyotgan hujayralar
sitoplazmada shox moddasini yigadi va bo’linish qobiliyatini yukotadi. Bunday mitozlarni
kelib chiqish mexanizmi noaniq.
Do'stlaringiz bilan baham: