Blackcurse
MIТOТIK AKТIVLIKNI BOShQARILIShI
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
6. MIТOТIK AKТIVLIKNI BOShQARILIShI.
Hujayralarni mitotik va interfaza bo’linish holatlarini o’rganish doimo yangilanib turadigan to’kimalarni hujayralarida umumiy qonuniyat borligini aniqlashga olib keldi. Bu qonuniyatga asosan ko’payish yo’li bilan hosil bulayotgan hujayralar soni ulayotgan hujayralar soniga teng bo’ladi. Aftidan, to’kimani tashkil kilgan hujayralar populyatsiyasi uz-o’zini boshqaruvchi sistema bo’lsa kerak. Mitoz soxasida yirik mutaxassis bo’lgan D. Meziya har bir normal hujayra bo’linish qobiliyatiga ega, ammo ko’p hollarda tormozlangan yoki tusilgan (blokirovana) bo’ladi deb hisoblang. Uning tasavvuricha, hujayralarning mitotik aktivligini boshqarilishi tormozlash yoki tormozni olish prinsipi buyicha amalga oshiriladi. Albatta, tormozlash har xil darajada xattoki qaytmas darajagacha bo’lishi mumkin. Bu tasavvur organizmda hujayralarning aktivligini boshqarilishi bilan mos keladi. Mitotik aktivlik yoki vaqt birligi ichida bo’linayotgan hujayralarning nisbiy mikdori turli darajada bo’ladi. Тurli organlar hujayralarida mitozning so’tkali ritmlari aniqlangan. Eng ko’p mikdor mitoz tinchlik davriga, organizmning yoki organning kuchli funksiyasiga past mitotik aktivlik to’g’ri keladi. Ko’p hollarda bu hujayraning mitotik aktivligi gormonlarni ta’siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, qo’zg’olish davrida mitozning kam bo’lishiga sabab bu hollarda ko’p miqdorda ishlab chiqariluvchi adrenalin ta’siridir. Bo’linayotgan hujayralarning sonini o’zgarishi mitozni fazalarini o’zgarishi hisobiga emas, balki interfazaning turli davrlarini o’zgarishiga bog’lik. Masalan, mitozdan avvalgi G2 va keyingi G1 davrlar ayniksa, turli ta’sirlarga sezuvchan bo’ladi. Hujayralarning bu davrlarda ushlanib kolishi interfazani cho’zilishiga va bo’linayotgan hujayralarning umumiy sonini kamayishiga olib keladi. Bularning hammasi mitotik aktivlikka qandaydir umumiy boshqaruvchi mexanizm ta’sir qiladi degan xulosaga olib keladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling