Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
7. ENDOREPRODUKSIYa
Mitotik siklda S1 –davridan keyin G2 davri keladi, uni utab hujayra bo’lina boshlaydi. Shu G2 davrida oqsil moddalari ishlab chiqariladi, ular esa mitozni ishga soluvchi mexanizm bo’lib qoladi. Shuning uchun DNK sintezi mitozni boshlib beruvchi bevosita sabab bo’lmaydi. Aftidan, shuning uchun ko’pchilik hollarda xromosomalar ikkilangandan so’ng hujayralar bo’linmaydi. DNK reduplikatsiyasi natijasida yadro va hujayra kattayadi, poliploid bo’lib qoladi, ammo hujayralar soni ortmaydi. Bunday xodisa –bo’linishsiz xromosomalar reduplikatsiyasi evolyutsiya protsessida ishlab chiqilgan bo’lib hujayralar soni ko’paymagan holda organlarni o’sishini ta’minlaydi.
Хromosomalar va DNK reduplikatsiyasi hosil bo’ladigan, ammo mitoz boshlanmaydigan hamma hollarni endoreproduksiya deb nomlangan. U jigar hujayralarida, sut emizuvchilarni siydik chiqaruvchi yo’llar epiteliylarda doimiy protsess sifatida bo’lib turadi.
Endovitozni funksional ahamiyati shuki u hujayrani uzuliksiz faoliyatini ta’minlaydi. Masalan, kartoshkani mayda tugunaklarini hujayralari mitotik yo’l bilan ko’payadi, keyinchalik yosh tugunaklar yadrolarida endomitotik fazalarni ko’rish mumkin. Endomitozga o’tish intensiv kraxmal hosil bo’lishga to’g’ri keladi.
Endomitoz doimo poliploidiyaga va hujayralarni kattaligini ortishiga olib kelgani uchun, uni DNK va xromosomalar reduplikatsiyasi deb bilmoq kerak.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling