3.Meyozning biologik ahimiyati.
Meyozning moxiyati tarkibida ota va onaning har biridan faqat bittadan gomologik
xromosoma tutgan to’rtta har xil yadroni hosil bo’lishidan iborat. Ammo, krossingover
tufayli xromosomalar butunlay ota yoki onaning dastlabki xromosoma materialidan tashkil
bo’lmaydi, balki har ikalasini ayrim qismlaridan tashkil topadi.
Shunday qilib, meyoz irsiy birliklar (genlar) ning taqsimlanish mexanizmi bo’lib,
ularni tasodifiy va mustaqil qayta gruppalanishini ta’minlaydi, bu esa krossingover
protsessi orqali amalga oshadi. Meyoz protsessi bo’lmasa turlarni evolyutsiyasi va tirik
tabiatni shunchalik turli-tumanligi sodir bo’lmagan bulur edi. Meyozni o’rganish irsiyatning
xromosoma nazariyasini tushunish uchun zaruriy shartdir.
Olimlarning fikricha meoyzni juda ham o’zgargan mitoz deb qarash zarur. Bunda
xromosomalarni konyugatsiya va tikasiga ajralish vaqtlari nisbatan o’zgargan bo’ladi.
Meyozda profaza erta boshlanadi, shuning uchun gomologik xromosomalar ikkilanmay
turib konyugatsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |