Meyozning ikkinchi bo’linishi
Yetilishning birinchi bo’linishi interfazasidan so’ng qisqagina profaza II bo’lib, unda
vereteno hosil bo’ladi va metofaza II boshlanishidan darak beradi.
Metofaza II da xromosomalar soni somatik hujayra-larnikidan ikki marta kam
bo’ladi. Хromosomalar ekvator tekisligiga joylashadi, sentromeralar bo’linadi va anafaza II
da ikkita kiz xromatidalar karama-qarshi qutblarga yunaladi. Meyoz ikkinchi bo’linishi
davrida ona xromosomalarning tikkasiga yorilishidan hosil bo’lgan xromatidalarning
ajralishi yuz beradi. Тelofaza II da hosil bo’lgan to’rtta yadroni har biriga bittadan
xromatida tushadi, endi u xromosoma deb ataladi. Хamma 4 ta yadroda gaploid sondagi
xromosoma bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |