Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
61 qiladigan protsessni hosil kilar ekan. Eng harakterlisi shuki, hujayra buzilganda undan oqsilli qobiqka uralgan normal viruslar chiqadi. Nuklein kislotasi ishtirokida ana shu virusga xos oqsilli qobiq hosil bo’lishi uchun namuna nuklein kislotasi bo’ladi. Shu bilan birga hujayrani oqsil tanasi bilan zararlashni effektsizligi uni boshqa oqsil molekulasini hosil bo’lishi uchun namuna bula olmasligini ko’rsatadi. Demak, oqsil uz kopiyasini o’zi yarata olmaydi. Eksperimentatorlar tomonidan bundan ham qiziqroq tajribalar o’tkazildi. Juda nozik metodlarni qo’llab viruslarni ikki shtammi-A va V lardan oqsilli va nuklein kislota qismlarini ajratildi, ulardan esa turli kombinatsiyada, masalan, A shtammini nuklein kislotasi V ni oqsilli qobig’idan iborat va buning aksicha kombinatsiyalarda yangi gibrid viruslar hosil qilindi. Ana shu viruslar bilan hujayra zararlantirilsa, har bir shtammga xos bo’lgan kasalliklar bunda qanday sodir bo’lar ekan? Zararlangan hujayra buzilganda undan qanday yangi hosil bo’lgan viruslar chiqar ekan? degan savollar paydo bo’ladi. Ma’lum bo’lishicha kasallanishni harakteri nukleinli qismga bog’lik ekan, ya’ni birinchi holda A shtammga xos bo’lar ekan, chunki nuklein kislotali qism ana shundan olingan edi. Хamma yangi hosil bo’lgan viruslar A shtamiga xos bo’ladi. Olimlar o’rtasida yana boshqa savol tug’ildi. Agar nuklein kislotasi nukleotidlarni joylanish tartibi oqsildagi aminokislotalarni tartibini belgilasa, u holda nuklein kislota molekulasining tarkibini o’zgarishi yangi hosil bo’ladigan oqsilni ham tarkibini o’zgarishiga olib keladimi? Buni ham tajribada isbot etildi. Тamakini mozaika kasalligini tarqatuvchi virusni oqsilini dastlabki strukturasi hozirgi vaqtda aniqlangan. Bu virusni nuklein kislotasi ajratib olindi. Olimlar unga nitrat kislota ta’sir etdirdilar va uning sitozin nukleotidini uratsilga aylantirdilar. Keyin tamakini zararlantirildi. Zararlangan hujayralarda bu viruslar ko’paydi, hosil bo’lgan viruslarni oqsilli qobig’i ximiyaviy analiz qilindi. Bunda aminokislotalarni ham joylanish tartibini o’zgargavnligini kuzatildi. Demak virusni nuklein kislotasi hujayraga kirib uz-o’zini hosil qilish yo’li bilan ko’payar ekan. Bunda kurilish materiali sifatida hujayrani nukleotidlaridan foydalanadi va usha virusga xos bo’lgan oqsili qobig’ni sintezida axborotni manbai nuklein kislotasi bo’lar ekan. Oqsil sintezi uchun ribosomalarga axborotning aniq nusxalari yuboriladi. DNK da sintezlanadigan va uning strukturasidan aniq nusxa ko’chiradigan RNK axborot yuborishga yordam beradi. RNK nukleotidlarining ketma-ket joylashish tartibi gen zanjirlaridan birida nukleotidlarining ketma-ket joylashish tartibini aniq takrorlaydi. Shunday qilib, shu gen strukturasidagi axborot guyo RNK ga ko’chirib beriladi. Bu protsess transkripsiya deb ataladi. (lotincha “transkripsio” –nusxa ko’chirish, ko’chirib olish demakdir) har bir gendan RNK ning istaganicha nusxasini ko’chirib olish mumkin. Oqsillar tarkibi xaqidagi axborotni yetkazib beradigan shu RNK ni informatsion RNK (i RNK) deb ataladi. Gendagi nukleotidlarning tarkibi va ketma-ket joylashish tartibi RNK ga qanday ko’chirilishini tushunish uchun DNK ning kush spiralli molekulasi tuzilishiga asos bo’lgan to’ldirish prinsipini eslaylik. Bir zanjirdagi nukleotidlar ikkinchi zarjirdagi karama-qarshi yotgan nukleotidlar harakterini belgilab berishini yuqorida aytgan edik. Agar bir zanjirda A
|
ma'muriyatiga murojaat qiling