Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
5.ТRANSLYATSIYa
Oqsil strukturasi xaqida nukleotidlarning ketma-ket joylashish tartibi shaklida i-RNK ga yozib qo’yilgan axborot so’ngra sintezlanadigan polipeptid zanjiridagi aminokislotalarning ketma- ket joylashish tartibi shaklida beriladi. Bu protsess translyatsiya deb ataladi (lotincha “translyatsiya beriladi, uzatiladi). Ribosomalarda translyatsiya qanday ruy berishini, ya’ni axborot nuklein kislotalar tilidan oqsillar tiliga qanday o’tkazilishini tushunish uchun ribosomaning tuzilishini eslaylik. Ribosomalar i-RNK teshib utuvchi tuxumsimon jismlar shaklida bo’ladi. Birinchi ribosomaga i-RNK ipsimon molekulasi kiradi-da oqsil sintezini boshlaydi. Oqsil molekulasi yigilgan sayin ribosoma i-RNK buylab urmalaydi. Ribosoma oldinga qarab 50-100 A siljigach, i- RNK ga yangi ribosoma kelib joylashadi va birinchi ribosoma kabi oqsil sintezi boshlaydi va avvalgi ribosoma ketidan yuradi. Sungra i-RNK ga navbatdagi ribosomalar joylashaveradi. Ularning hammasi bir xil ish bajaradi. har bir ribosoma i-RNK ning ikkinchi uchiga yetgach sintez tamom bo’ladi, ribosoma o’zi yasagan “buyum” bilan birga sitoplazmaga tushadi. Bu yerda ribosomalar tarqalib ketadi va yangidan sintetik protsessda katnashaveradi. Sintezlangan oqsil molekulasi esa endoplazmatik to’rga kiradi va hujayraning kaysi joyiga oqsilning bu turi kerak bo’lsa, usha joyga shu tur orqali boradi. Qisqa vaqtdan keyin ikkinchi ribosoma ishini tugatadi, so’ngra uchinchisi tugatadi va xokazo. Ularning o’rniga esa yangilari keladi va oqsil sintezi uzuluksiz davom etaveradi.
I-RNK molekulasi bir yo’la joylashadigan ribosomalar soni i-RNK ning uzunligiga bog’lik. Masalan, gemoglobin oqsilining miyosintezini dasturga soladigan i-RNK ning uzunligi kariyib 1500 A bo’lib, unda 5 tagacha ribosoma joylasha oladi. Bir molekula i-RNK da bir yo’la joylasha oladigan ribosomalar gruppasi poliribosoma yoki qisqacha, polisoma deb ataladi.
Endi ribosomaning ishlash mexanizmini mukammalroq ko’rib chiqaylik. Ribosoma i-RNK da harakatlangan vaqtda uning kichik bir qismiga tegib turadi. Bu qismining kattaligi nuleotidlarning atigi 1 tripletini tashkil etadi. Ribosoma i-RNK da bir tekis harakatlanmayli, uzulikli, kadamlab |
ma'muriyatiga murojaat qiling