Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
6.GENLAR REPRESSIYaSI.
Ko’p hujayrali organizmlarni tashkil etuvchi har xil hujayralar bir – birlaridan morfologik, funksional va bioximik tomonlari bilan farqlanadilar.
Hujayralar o’rtasidagi bioximik farqlar ulardagi oqsillarni turlicha bo’lishida ko’rinadi. Masalan muskul hujayralarida ularga xos bo’lgan qisqaruvchi oqsillar aktin va miozin bo’ladi; eritrotsitlarda kislorodni tashuvchi oqsil gemoglobin bo’ladi; oshqozon osti bezi hujayralarida oqsil – fermentlaridan tripsin, aminalaza, lipaza, oqsil gormonlardan insulin va boshqalar ishlab chiqariladi. Shuni takidlash kerakki oqsillarning xususiyatlari organizmni taraqqiyoti davomida o’zgaradi; otalangan tuxum hujayrasida miozin ham, geioglobin ham, insulin ham bo’lmaydi. Ularnining hammasi hujayralar differensiatsiyasi protsesida paydo bo’ladi.
Тurli zujayralarda oqsillar nabori turlicha bular ekan, demak ularda genlarning nabori ham turlicha bo’lishi kerak. Ma’lumki har bir hujayra bo’linganda hosil bo’lgan kiz hujayralarga bir xil mikdordagi irsiy material-DNK tushadi. Binobarn har bir hujayra u qanday tipda tuzilganligidan kat’iy nazar har bir genlar naborini va bir xil genetik axborot zapasini to’tadi. Bu xulosa ko’pchilik tekshirishlarda tasdiqlanmoqda. Masalan, o’simlikni bitta hujayrasidan normal katta o’simlik yetishtirishga erishildi. Bundan ko’rinadiki, differensiyallangan hujayra o’ziga xos nabor oqsillarningina sintezlashga qodir bo’lishiga qaramay, unda shu organizmni barcha oqsillari sintezi to’g’risidagi axborot yashiringan holda saqlanar ekan. Har qanday differensiyalangan hujayra yadrosini yadrosizlantirilgan tuxum hujayrasiga ko’chirib o’tkazilganda undan normal organizm rivojlanadi. Bu va shu kabi boshqa eksperimentlar ham mazkur organizmlarning barcha hujayralarining gen nabori yoki DNKsi bir xil ekanini ko’rsatadi, ammo hujayra uning ma’lum bir qisminigina ishlatar ekan. Хisoblarni ko’rsatishcha hujayra o’zida tutgan gen fondining 1000G’1 qismini ishlatar ekan. Binobarn, hujayrada bo’lgan ko’p sonli (drozofila pashshasida 500 ta gen |
ma'muriyatiga murojaat qiling