Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
54 - bo’linishida hosil buluvchi hujayralarni spermatidalar deb ataladi. Spermatozo idni yetilish protsessi urug’donning yetilish zonasida yuz beradi. Yetilishdan so’ng spermatozoid rivojlanishining so’ngi-4- shakllanish davri keladi. Bunda spermatida spermatazoidga aylanadi. Spermatidada bo’ladigan o’zgarishlar yana ham tushunarli bo’lishi uchun dastlab tipik spermatozoidning tuzilishi bilan tanishamiz. Har bir tur hayvonning ma’lum bir shakldagi spermatozoidlari bo’ladi. Sut emizuvchi hayvonlarning spermatozidlari dumli bo’ladi. Dumsizlari yumolok chuval-changlarda, kiskichbakasimonlarda va boshqa ba’zi umurtkasiz hayvonlarda uchraydi. Dumli spermatozoidlar tipik bo’lib, boshcha, buyincha va dumchadan iborat. Dumcha harakat organella bo’lib hisoblanadi. Boshcha sharsimon yoki cho’ziqroq shaklli bo’lib oldida zichlanganroq qism-akrosoma joylahadi. Akrosoma biroz o’tkirlashgan bo’lib, boshchani juda oz qismini egallaydi. Kolgan bushlikda yadro joylashadi. Spermatazoidning yadrosi gomogen bo’ladi. Elektron mikroskopni ko’rsatishicha, yadro juda ko’p zich uralgan fibrillarga ega. Boshcha bilan dumcha o’rtasida buyincha joylashadi. Buyinchani yuqori qismida sentriola joylashib, u uzunasiga ketgan tolalar fibrillar bilan uralgan. Bu yerda bir qancha tipik mitoxondriylar topilgan. Dumchaning asosiy qismi 9 ta juft - chetki va ikkita tok - markaziy fibrillardan tuzilgan. (kiyrik va xivchinning tuzilishi kabi) Yetilishning ikkinchi bo’linishi natijasida hosil bulgan spermatida tipik yumalok hujayradir: yadrosining strukturalari yaxshi ifodalangan, sitoplazmada esa shakllangan spermatazoidlarda kuchli o’zgargan holda buluvchi barcha organoidlar bo’ladi. Spermatida xiyla kichik hujayradir, chunki u o’sishini yetilish davri boshlanguncha tuxtatgan birinchi tartib spermatotsitning ikki marta bo’linishi natijasida hosil bo’lgandir. Shunga karamasdan unda sitoplazmaning nisbiy mikdori, undan keyinchalik hosil bo’ladigan spermatozoiddagiga nisbatan ko’pdir. Spermatozoidning shakllanishi - spermiogenez yadroni hujayrani keyinchalik oldingi uchi bo’lib qoladigan qismiga kuchishidan boshlanadi. Shuning bilan birga yadro shirasining tuplanishi hisobiga quyiklashadi va spermatozoid boshchasi shaklini ola boshlaydi. Ayni zamonda ikkala sentriollar ular urab turuvchi tigiz sferadan chiqib yadro ko’chib o’tgan tomonnning qarshi tomoniga joylashadi. Shu bilan birga ular hujayraning uzun uki buylab shunday joylashadiki, ulardan bittasi, ikkinchisiga nisbatan yadrodan uzokroqda bo’lib qoladi. Birinchisidan hujayradan chiqib turuvchi dumchaning uk ipiga aylanuvchi xivchin o’sib chiqadi. Protoflazmaning sentriollar bilan chegaralangan qismi buyinchani hosil qiladi. Sentriollar bilan yonma-yon turgan Golji apparati hujayraning oldingi qismiga kuchib o’tadi va akrosoma hosil bo’lishida ishtirok etadi. Spermatidalar orgonoidlarning qaytadan tuzilishi bilan parallel holda sitoplazma yadrodan borgan sari ko’proq ajraladi va uk ip buylab sirganib tushadi. Sitoplazmaning ozroq qismi dumchaning uchida uncha katta bo’lmagan xoshiya shaklida qoladi, ko’proq qismi esa hujayradan tamoman chiqib ketadi, yadro kichrayib qoladi. Хromosoma va undagi DNK ning mikdori o’zgarmaydi. Barcha bu qayta tuzilishlar natijasida sipermatida kichkinagina harakatchan hujayra spermatozoidga aylanadi. U gaploid sondagi xromosomaga ega bo’ladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling