Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
8. AMIТOZ
Bu yadroning tortilib ikki qismga to’g’ri bo’linishidir. Amitoz o’tgan asrni o’rtalarida bayon etilgan bo’lib, hujayralar ko’payishini yagona formasi deb kabul qilingan edi. Fakat 70 yillarda mikroskopni texnikasi yaxshi rivojlanishi tufayli bo’linish protsessi ancha murakkab ekanligi aniqlandi.
52
Dastlabki olimlar amitoz deb hujayrada ikkita yoki ko’proq sondagi yadroni bo’lishini tushunganlar. Hozirgi vaqtda amitoz deb yadroni interfaza holatida bo’linishiga aytiladi.
Amitozni aniqlashni va analizni kiyinligi shuki, hozircha DNK sintezi, xromosomalar reduplikatsiyasi va amitotik bo’linish o’rtasidagi aniq nisbat ma’lum emas.
Ba’zi olimlar umuman amitozni hujayralar reduplikatsiya-sini ma’lum shakli ekanini inkor etadilar.
Amitoz bitta yadroni teng ikkiga bo’lishiga olib keladi. Amitozni boshqa formasida yadro fragmentatsilanib har kattalikdagi yadrolar hosil bo’ladi. Ba’zan yadro bo’linadi, ammo plazmatomiya bo’lmaydi. Bo’linishda yadro interfaza holida qoladi va hujayra ishlashdan tuxtamaydi. Shuning uchun, amitozni mitotik apparat hosil qilmay, xromosomalar spirallanmay yadroni bo’linishi deb qarash kerak.
Amitozda genetik materialni qiz hujayralarga to’g’ri taxsimlanishi hali aniq emas. Shuning uchun, A.A Zavarzin shunday fikr berdi va u hozir ko’pchilik tomonidan tasdiqlanmoqda: xech qanday “generativ amitozlar” (ko’payishni amitozlari) yuk. Amitozni hujayra yadrosini funkutsional holatlaridan biri deb qarash lozim. Bundan kelib chiqadiki, Flemming tomonidan berilgan “amitoz” termini, hujayralarni ko’payish usuli ma’nosini yukotdi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling