Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
55 OVOGENEZ
Тuxum hujayrasining rivojlanish sikli ovogonez (ovum-tuxum, genesis-rivojlanish, kelib chiqish) deb ataladi. Ovogonez birlamchi jinsiy hujayra ovogoniydan boshlanadi va uch davrga bo’linadi. 1) ko’payish, 2) o’sish va 3) yetilish Ko’payish davrida ovogoniylar mitotik bo’linadi, bu esa hujayralarning sonini anchagina ortishiga olib keladi. Bu davr hujayralarining xususiyatlari spermatogonezdagi kabi bo’ladi. Bir qancha mitotik bo’linishlar o’tishi bilan hujayralar o’sish davriga o’tadi, bu vaqtda ovogoniy birinchi tartib ovotsitga aylanadi. Bu hujayra ham ovogoniy kabi ozik moddalarni oson o’tkazadi. Elektron mikroskop tadkikotlari orqali ovotsitlarning (amfibiy va sut emizuvchilarda) qobig’ida bu hujayralarning shimuvchi yuzasini anchagina kengaytiruvchi mikrovorsinkalar topilgan. Ovogenez vaqtida ovotsitning sitoplazmasida va yadrolarida RNK ning mikdori ortadi. Bu unda shu kislota bilan bog’lik bo’lgan oqsil sintezining aktivligini ko’rsatadi. Usish kichik va katta davrlarga bo’linadi. Ulardan birinchisida ovotsit sitoplazmasining ortishi hisobiga o’sadi, yadrosining xajmi biroz o’zgaradi. Katta o’sish davri hujayraga kirayotgan ozik moddalar donachalar yoki plastinkalar ko’rinishida ajraladigan maxsus oqsil sariklarning hosil bo’lishi hisobiga yuz beradi. Bir xil hayvonlarda sariklik ko’p hosil bo’ladi va shunga ko’ra tuxum anchagina kattalashib ketadi, boshqalarida u kam ajraladi va tuxumning kattaligi uncha o’zgarmaydi. Sariklik tuplanishi tufayli urg’ochilik jinsiy hujayralarning o’sish davri erkaklik jinsiy hujayralaridagiga nisbatan anchagina uzunroqdir. Birinchi tartib ovotsit yadrosida yuz beradigan murakkab o’zgarishlar birinchi tartib spermoatotsit yadrosida kuzatiladigan o’zgarishlarga o’xshaydi. Yetilish davrida ikkita: reduksion va ekvatsion bo’linish yuz beradi. Biroq urg’ochilarda bu o’zgarishlar natijasida bitta birinchi tartib ovotsitdan, erkaklardagidek to’rtta jinsiy hujayra emas, balki bitta hosil bo’ladi. Bu hujayra sitoplazmasining bir tekisda taqsimlanmasligi natijasida sodir bo’ladi. Birinchi bo’linishda, kiz hujayralardan bittasiga sitoplazmaning juda ozgina qismi, boshqasiga esa, deyarli xammasi kuchadi. hosil bo’lgan kichkina hujayra birinchi yo’llovchi (qutb) tanacha deb ataladi. U keyinchalik rivojlanmaydigan ikkita yo’llovchi tanachaga bo’linadi. Yetilishning birinchi bo’linishida hosil bo’lgan ikkinchi hujayra juda katta bo’ladi va ikkinchi tartib ovotsit deb ataladi. Yetilishning ikkinchi bo’linishida bu hujayraning yana kichkina hujayra -ikkinchi yo’llovchi tanacha va juda katta yetilgan tuxum hujayra hosil bo’ladi. Shunday qilib, ovogonez protsessida uchta kichkina hujayrachalar va bitta yirik yetilgan tuxum hosil bo’ladi, shakllanish davri bo’lmaydi. Тuxum hujayra ham gaploid xromosomaga ega. Spermatozid va tuxum hujayralarida gaploid sondagi xromosomalarning hosil bo’lishi yetilishning birinchi bo’linishida reduksion bo’linadigan, ya’ni meyoz (meiosis-kamayish reduksiyasi) deb ataluvchi protsessga bog’lik.
Spermatotsit va ovotsitlarni yetilish protsessida bo’ladigan ikkita bo’linish mitozdan qator belgilari bilan farq qiladi. Bu o’zgarish ko’proq yetilishning birinchi bo’linishi protsessida bo’ladi.Profazani boshlanishiga mitozdagidek, DNK redup-likatsiyasi yuz |
ma'muriyatiga murojaat qiling